Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatini rivojlantirish, avtomobilsozlik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 avgust, mas'ul ijrochilar - Vazirlar Mahkamasi, “O‘zavtosanoat” AJ, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar.
















