Jamiyat | 17:30 / 08.04.2019
49752
1 daqiqa o‘qiladi

Termizdagi ko‘pqavatli uylardan birida gaz portladi, qurbonlar bor

Bugun, 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi ko‘pqavatli uylardan birida gaz portlagani aks etgan video tarqaldi.

Izohlarga ko‘ra, portlash natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor. 

Videoda ko‘rish mumkinki, portlash vaqtida binoda odamlar bo‘lgan va ular shoshilinch ravishda binoni tark etishgan.

Portlash ko‘pqavatli uy yerto‘lasida tashkil etilgan, sellofan ishlab chiqarishga moslashtirilgan noqonuniy sexda sodir bo‘lgani aytilmoqda. 

Kun.uz manbasi aniqlik kiritishicha, hodisa Termiz shahri «Do‘stlik» mahallasining Alisher Navoiy ko‘chasidagi 10-uyda ro‘y bergan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda voqea joyi o‘rab olingan, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozircha rasmiy idoralar bu hodisa yuzasidan bayonot bermadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid