Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainaning raketa qalqoni haqida gapirdi
So‘nggi besh yil ichida Ukraina har qanday raqibni to‘xtatib qo‘yishga qodir raketa qalqonini kuchaytirdi. Bu haqda prezident Pyotr Poroshenko ICTV kanalidagi «So‘z erkinligi» dasturi efirida aytib o‘tgan. Efirning yozib olingan nusxasi YouTube’da mavjud.
«Bizda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va ming kilometrdan ortiqroq masofaga otilishi mumkin bo‘lgan raketa paydo bo‘ldi. Bularning barchasi ukrainalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan», - dedi davlat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari hozirda bunday turdagi quroldan foydalanishni o‘rganishmoqda.
Bundan tashqari, Poroshenko Ukraina armiyasida kemalarga qarshi raketalar borligi, ular nishonni aniq olsa «o‘rta va kichik sinfdagi kema bardosh bera olmasligi» haqida gapirdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «300 kilometrlik radiusdagi, hujum qilmoqchi bo‘lgan istalgan kemani yo‘q qilish» imkoniyatiga ega.
Bundan oldin, Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko mamlakat prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiyni o‘zi bilan debatlarga kelishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026