Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuçlari Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlar kuçaytirilişini maʼlum qildi. Şundan keyin RF mudofaa vazirligi ham Ukrainadagi nişonlar böylab zarbalar kölami kengaytirilişiga vaʼda berdi.

Zelenskiyning bayonoti Reuters agentligida şanba kuni eʼlon qilingan intervyuda yangragan. Uning sözlariga köra, Ukraina maxsus xizmatlari Vladimir Putin qiş arafasida Ukraina böylab zarbalar beriş uçun nişonlar doirasini kengaytirişga buyruq berganidan dalolat qiluvçi hujjatlarni qölga kiritgan.

Zelenskiyning hisoblaşiça, RF prezidenti şu tariqa Rossiya qöşinlari pozitsiyalarini yöqotib, oğir yöqotişlarga uçrayotgan bir paytda «kuçini körsatib qöyiş»ga qaror iqlgan.

«Biz hujjatlarni kördik va bilamizki, ular infratuzilmalar, logistika tugunlari va ayniqsa şaharlar va qişloqlarga – hamma joyga: köçalar, maktablar, şifoxonalarga zarba berilişini istisno etmaydi. Odamlarni poytaxtni tark etişga, boşqa şaharlardan ketişga majburlaş – bu operatsiyaning maqsadi şunday», – degan Ukraina prezidenti.

Intervyuda Zelenskiy Ukraina Moskvaning taktikani özgartirişiga javob qaytarişini, ammo fuqarolik infratuzilmalariga yoppasiga zarba bermasligini qayd etgan.

Ularning energetikamizga hujumlariga javoban biz ularning energetikasiga zarba berişimiz kerak. Birinçi navbatda, neftni qayta işlaş zavodlari va şu kabilarga – ularga bu uruşni olib boriş uçun pul keltiradigan obyektlarga. Ammo biz, albatta, ularga öxşab duç kelgan fuqarolik obyektlariga zarba bermaymiz.

Yakşanba kuni RF mudofaa vazirligidagilar Zelenskiyning ogohlantirişi haqida «eşitişgani» va endi «harbiy va harbiy-sanoat obyektlari, şuningdek, ular bilan aloqador bölgan infratuzilmalar»ga hujumlar kuçaytirilişini maʼlum qildi.

Rossiya harbiy idorasi vaziyat keskinlaşuvi uçun javobgarlikni şaxsan Zelenskiyga yuklagan va «Ukraina aholisi [Rossiya zarbalari kuçayişi] uçun faqat Kiyev rejimi rahbarini ayblaşi kerakligi»ni taʼkidlagan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp sentabr oyida ikki marta Zelenskiyni Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalarni töxtatişga çaqirgandi – Amerika prezidenti fikriça, bunday zarbalar jahon bozorida dizel taqçilligini keltirib çiqarmoqda.

Vladimir Putin 1-oktabr kuni Valday forumida Rossiya ukrainlarning neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari oqibatida körgan yöqotişlari YaIMning 1 foizini taşkil etişini aytdi. Şu bilan birga, u bunday zarbalar töxtatilişi jahon bozoridagi yoqilği bilan boğliq vaziyatga taʼsir körsatmasligi, çunki Rossiya dizeli baribir sanksiyalar tufayli bozorga çiqa olmasligini qayd etgan. Şuning uçun, neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalar töxtatilişi evaziga Ukraina kemalariga hujumlarni töxtatiş ğoyasi noörin hisoblanadi, degan Putin.