Serxio Aguero va «Mançester Siti» klubi «Dreyk tavqi la'nati»dan jafo çekkan navbatdagi sport gigantlari böldi, deb yozmoqda Buyuk Britaniyaning The Sun tabloidi.

Argentinalik hujumçi Çempionlar Ligasi çorakfinalidan örin olgan «Tottenhem»ga qarşi dastlabki öyinda penaltini aniq amalga oşirolmadi, Pep Gvardiola şogirdlari esa yakunda 0:1 hisobida mağlub bölişdi.

Aguero 10 mart kuni «Mançester Arena»da kanadalik qöşiqçi-reper Dreyk bilan uçraşib, selfi qilgan edi. The Sun naşrining yozişiça, futbolçi «Dreyk tavqi la'nati»ni yuqtirib olgan va şu tufayli mağlubiyatga uçragan.

Maşhur sportçilar reper bilan uçraşib, keyinçalik muhim bahslarni yutqazayotgani bir neça yillar davomida kuzatilmoqda. Şuning uçun ham bu holat «Dreyk tavqi la'nati» deb nom olgan.

Mart oyi örtalarida «Borussiya» D yarimhimoyaçisi Jyeydon Sanço ham Mançesterga borib, Dreyk bilan uçraşib, selfi qilgan edi. Natijada, futbolçi ötgan haftada «Dreyk tavqi la'nati»ning samarasini töliğiça his qildi – uning jamoasi «Bavariya»ga 0:5 hisobida yutqazdi.

Dreykning Buyuk Britaniya böylab konserti Londonga köçganidan söng, «Arsenal» hujumçisi Per-Emerik Obameyang u bilan uçraşib, suratga (yoki «tuzoqqa») tuşdi. Ötgan yakşanbada esa bu öz «mevasini berdi» - «qurolsozlar» «Everton»ga yutqazib, kuçli törtlikka kiriş imkoniyatini birmunça pasaytirib yuborişdi.

«Dreyk tavqi la'nati» 2013 yildan beri davom etmoqda. Bu «tuzoqqa» «Liverpul» hujumçisi Daniel Starrij, Amerikaning «Kentukki Universiteti» va «Toronto Reptors» basketbol klublari, «Alabama Universiteti» amerikaça futbol jamoasi va hatto tennis yulduzi Serena Uilyams ham ilingan.

UFC jangçisi Konor MakGregor esa juda muhim bölgan Xabib Nurmagomedovga qarşi jang oldidan «yovuz» Dreyk bilan uçraşiş «baxtiga muyassar» bölgan. Natija esa hammaga ma'lum – rossiyalik jangçi uni yaxşilab «döpposlagan» edi.

Fanatlardan biri Tvitterda «Messi qayerda?» deb hazillaşib yozdi. U «Mançester Yunayted»ga qarşi öyindan oldin «Barselona» futbolçilarining Dreyk bilan uçraşişini juda ham istayotganiga şama qildi.

Biroq, «Qizil iblislar»ning özi allaqaçon «la'nat»ni yuqtirib olişgan edi. 13 mart kuni Romelu Lukaku reper yulduzi bilan uçraşib, u bilan birga tuşgan fotosuratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Keyingi öyinda esa «Mançester Yunayted» «börilar»ga yutqazdi.

Yaqinda maşhur boksçi Entoni Joşua ham Dreyk bilan uçraşib, selfi qildi. Sportçi professional boksda 22ta jang ötkazib, hali biror marta yutqazmaganini inobatga oladigan bölsak, uning muxlislari ham xavotirga tuşib qolgan bölsa ajab emas.

Dreykning barça «qurbonlari»:
2013: «Toronto Reptors» basketbol klubi Dreykni öz elçisi qilib tayinladi va çempionatning hal qiluvçi öyinlarda yutqazdi
2014: «Kentukki» kollejlararo basketbol turniri finalida «Viskonsin»ga yutqazdi
2014: «Mayami Xit» NBA finalida «San-Antonio»ga 1:4 hisobida yutqazdi
2014: Deniyel Starrij va «Liverpul» APL çempionligi uçun kuraşdan çiqib ketişdi
2015: Serena Uilyams AQŞ oçiq çempionati yarimfinalida Roberta Vinçiga yutqazdi
2018: UFC çempioni Konor MakGregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovga yutqazdi
2019: «Alabama» kollejlararo amerikaça futbol çempionatida «Klemson»ga yutqazdi
2019: Romelu Lukaku va «Mançester Yunayted» safarda «Vulverhempton»ga yutqazdi
2019: Jyeydon Sanço va «Borussiya» D safarda «Bavariya»ga yutqazdi
2019: Per-Emerik Obameyang «Arsenal» «Everton»ga yutqazganida zaxirada ötirdi
2019: Serxio Aguero penaltini golga aylantirolmadi, «Mançester Siti» esa «Tottenhem»ga yutqazdi.