Yozda «Barselona»ga kelib qöşilgan Serxio Aguero soğligidagi muammolar tufayli futbolni tark etayotganini ma’lum qildi. Har qanday futbolçi ham bir kun faoliyatini tugatadi, ammo u hali yoş, yana köplab öyinlarda çiroyli gollar uriş imkoniyatiga ega bölib turgan holda ketişi baribir biroz oğir ta’sir qiladi.

 Foto: AFP

Ammo boşqa tarafdan aytiş mumkinki, u yana qança öynab, qanday gollar urmasin, neki sovrinlar yutmasin, nomini tarixning boşqa sahifasiga yozib bölgan. Baribir Aguero deganda hammamiz «Siti» futbolkasini silkitib, dunyodagi eng katta golni nişonlayotganini tasavvur qilaveramiz. Quyida uşbu voqea haqida atrofliça töxtalingan.

U şubhasiz, futbol tarixida örin tutadi: «Atletiko» bilan Yevropa Ligasi kubogini qölga kiritgan, «Mançester Siti» safida Angliyadagi barça sovrinlarni, terma jamoada uzoq kutilgan Amerika Kubogi... Faqat Çempionlar Ligasi yöq, xolos.

Özining 379 goli bilan dunyoning eng yaxşi hujumçilaridan biri, APLda eng köp gol urgan xorijlik futbolçi. Ammo bir gol hammasidan ham ajralib turadi – bu gol «Siti»ga 44 yilda ilk marta çempionlikni olib kelgandi. Köp gollar, ğalabalar, sovrinlar vaqt ötib unutilişi mumkin, ammo Aguero deganda aynan öşa gol xotirlanaveradi. «Mançester Siti»ning yangi davrining timsoli sifatida ham uşbu golni urib irğişlayotgan Kun Agueroni tasavvur qilamiz. Keling, öşa kunlarga sayohat qilamiz.

2011/12 yilgi mavsumda Mançester klublarining çempionlik poygasi – ajoyib. Mart oxirlarida, 30-tur oldidan butun Angliya sönggi turlar öta şiddatli keçişini sezib turgandek edi göyo.

Ammo bir hafta içida «Siti» kuraşdan çiqib qoldi. Avvaliga Aguerosiz «Stok Siti» (1:1) va «Sanderlend» (3:3) bilan öyinlarda durang qayd etildi. Keyin esa Serxio qatnaşgan öyinda «Arsenal»ga mağlub bölindi (0:1). Balotelli öşa öyinda ikkinçi sariq kartoçkani olib maydondan çetlatilgandi. «Yunayted» birorta ham öyinda yöqotişga uçramadi va öşa öyinlarda uç ğalabaga erişib, asosiy raqibdan 8 oçkoga ilgarilab ketdi.

Roberto Mançini şogirdlari taslim bölmadi va keyingi beş öyinni ğalaba bilan yakunladi, töplar nisbati – 15:1. Aguero bu öyinlarda 5 gol va uç assistni amalga oşirdi, Vinsent Kompani esa, Mançester derbisida hal qiluvçi yagona golni urdi. Aynan «Yunayted» ustidan ğalabadan söng «Siti» yana birinçi öringa qaytgandi, sababi, undan oldin «MYu» «Everton» (4:4) va «Uigan»ga (0:1) qarşi öyinlarda oçko yöqotgandi.