Energetika vazirligi huzuridagi ikkita inspeksiya rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
Energetika vazirligi huzuridagi ikkita inspeksiya rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarorlari qabul qilindi.
Xususan, Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, Asqar Sharifjon o‘g‘li Isoqov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Najim Islomovich Mahmudov esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimdan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 9 aprel kuni bu haqdagi tegishli hujjatlarni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident 2019 yil 1 fevralda mamlakat yoqilg‘i-energetika sektorini isloh qilishga yo‘naltirilgan farmon va qarorni imzoladi.
Hujjat bilan «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ tugatildi, ilgari Vazirlar Mahkamasiga qarashli bo‘lgan quyidagi muassasalar esa Energetika vazirligi tuzilmasiga o‘tkazildi:
• Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
• Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (ilgari – O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi);
• Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (ilgari – Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi).
Mavzuga oid
17:02
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
17:00
Noyabr – Energetika xavfsizligi oyi doirasida gaz transport tizimining xavfsizligi nazorat qilindi
23:44 / 19.10.2024
“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi
23:13 / 08.10.2024