Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Kasb-hunar ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-sonli farmoni bilan tashkil etilgan Kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari, ya'ni:

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida tadbirkorlik sohasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari, hamda mahalliy mehnat bozori ehtiyojlariga asosan kadrlar tayyorlaydigan «Ko‘p tarmoqli» kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;

iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar asosida yaratiladigan yangi ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan butlashga yo‘naltirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar tasarrufida faoliyat ko‘rsatadigan «Idoraviy» kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;

oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan «Oliy maktab» ko‘rinishida faoliyat ko‘rsatadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari ro‘yxati;

oliy ta'lim muassasalari faoliyatini kengaytirish, quvvatlarini oshirish, istiqbolda respublikamiz hududlarida xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish maqsadida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;

umumiy o‘rta ta'lim maktablari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;

bino va inshootlari vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga berilgan kasb-hunar kollejlarining faoliyati tugatilgan deb hisoblanib, ularning maxsus ustaxonalari va jihozlarining harakati ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kasb-hunar ta'lim muassasalarining yotoqxonalari, jihozlari, o‘quv adabiyotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Belgilanishicha:

a) «Ko‘p tarmoqli» kasb-hunar kollejlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufida faoliyat ko‘rsatadi;