Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘ziga qarshi olib borilgan tergovni davlat to‘ntaruviga urinish deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp uning saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy til biriktirishi bo‘yicha tergov boshlangandan keyin AQSh davlat to‘ntaruviga urinishni boshdan kechirganini aytdi. Tramp bu haqda Texasga ishchi safari oldidan jurnalistlarga aytib o‘tgan.
“Bu qonunga xilof tergov edi, u noqonuniy boshlangan. Bu davlat to‘ntaruviga urinish bo‘lgan. Bu prezidentni lavozimidan chetlatishga urinish bo‘lgan, biroq biz ustun chiqdik”, deb aytgan Tramp.
Trampning ta'kidlashicha, u tergovni olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning dokladi to‘liq matnini hali ko‘rmagan.
“Men Myuller dokladini ko‘rmadim. Menga kelsak, mening Myuller dokladi bilan umuman ishim yo‘q, men to‘liq oqlandim”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, unga qarshi tergov boshlanishining barcha tafsilotlarini o‘rganib chiqish lozimligini aytgan.
Mart oxirida Myuller Rossiyaning AQShdagi 2016 yilgi prezident saylovlariga ehtimoliy aralashuvi tergovini yakunladi. Ushbu tergov bo‘yicha doklad AQSh bosh prokurori Uilyam Barrga topshirilgan. Barr 2 kundan keyin kongress oldida hisobot berib, kongressmenlarni tergov Tramp va Rossiya o‘rtasida “kelishuv bo‘lgani” isbotini aniqlamaganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026