Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşi töğrisida nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşi töğrisidagi nizomga köra, Apellyatsiya kengaşi:
a) Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining talabnomada körsatilgan:
sanoat mulki obektlari;
seleksiya yutuqlari;
integral mikrosxemalar topologiyalari;
tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari yuzasidan apellyatsiyalarni körib çiqadi;
b) manfaatdor yuridik va jismoniy şaxslarning:
sanoat mulki obektlariga patent berilişiga;
seleksiya yutuqlariga patent berilişiga;
integral mikrosxemalar topologiyalarining röyxatdan ötkazilişiga;
sanoat mulki obektlariga va seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligiga;
tovar belgisi va xizmat körsatiş belgisi, tovarning kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqi töğrisidagi berilgan guvohnomaning haqiqiyligiga;
Özbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro röyxatdan ötkazilişining amal qilişiga qarşi apellyatsiyalarini körib çiqadi;
v) quyidagilarning:
integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkaziş töğrisidagi guvohnomalarning;
tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilariga berilgan, tovar kelib çiqqan joy nomlaridan foydalaniş huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilişi tugatilişi yuzasidan apellyatsiyalarini körib çiqadi;
g) tovar kelib çiqqan joy nomi röyxatdan ötkazilişi bekor qilinişi yuzasidan apellyatsiyalarini körib çiqadi;








