Energetika vazirligi huzuridagi “Özbekenergo" AJ bazasida taşkil etilgan uçta aksiyadorlik jamiyatiga raislar tayinlandi.
Dadajon Aynakuloviç Isoqulov "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlandi.
D.Isoqulov 1961 yil 20 iyulda Toşkent viloyatining Böka tumanida tuğilgan. 1985 yilda Toşkent politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toşkent viloyatining Böka tumanidagi maşina traktor parki muhandisi vazifasidan boşlab, "Özdavenergonazorat" inspeksiyasi bölim boşliğigaça bölgan yölni bosib ötgan. Turli yillarda "Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy magistral elektr tarmoqlari - "Özelektroset" unitar korxonasi direktori, "Özbekenergo" AJ raisining birinçi örinbosari, "Özbekenergo" AJning Toşkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boş direktori lavozimlarida işlagan.
Ruslan Gazizoviç Mubarakşin "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisi etib tayinlandi.
R. Mubarakşin 1962 yil 19 dekabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi. U "Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar “Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Toşkent issiqlik elektr stansiyasining direktori lavozimida işlagan.
Uluğbek Mavlonoviç Mustafoyev "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlandi.
U.Mustafoyev 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tuğilgan. Toşkent xalq xöjaligi institutini bitirgan. “Sanoatqurilişbank”ning Jizzax viloyat filialida kiçik, keyinçalik katta mutaxassis sifatida işladi. Keyingi yillarda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boşqaruvi katta iqtisodçisi va pul muomalasi bölimi boşliği lavozimlarida işlagan. Keyin 2016 yilgaça Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinçi örinbosari, 2016 yilda Jizzax viloyati hokimining birinçi örinbosari, 2017 yilda «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
Ta'kidlaş joizki, 2019 yil 27 martda Özbekiston Respublikasi prezidenti P-4249-son farmonini imzoladi va uşbu hujjat mamlakatning yoqilği-energetika tarmoğini tubdan isloh qiliş jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, "Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyati negizida uçta aksiyadorlik jamiyati – "Issiqlik elektr stansiyalari", "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" va "Hududiy elektr tarmoqlari" taşkil etildi.









