Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yangi suv ombori qurilishi boshlandi
Bulung‘urda “Bulung‘ur” suv ombori qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda Zarnews.
Qayd etilishicha, ayni kunda bu yerda «O‘zmaxsussuvqurilish» davlat korxonasi, «Zarafshonmaxsussuvqurilish», «Boyovutdavsuvmaxsuspudrat», «Yozyovonmaxsussuvqurilish» davlat unitar korxonasi kabi o‘nlab suv qurilishi korxonalarining 100 ga yaqin ekskavator va buldozerlari yer qazish va tekislash ishlarini boshlab yuborgan.
- Prezidentimiz shu yil 11 yanvarda viloyatimizga amalga oshirgan tashrifida ushbu suv omborini qurish taklifini bildirgandi, - deydi «Samarqandsuvqurilishinvest» davlat unitar korxonasining birlashgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Berdimurodov. - Loyihaviy hajmi 100 million metr/kubni tashkil etadigan mazkur suv ombori uchun suv olish manbaini asosan qish mavsumida Bulung‘ur tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanallar hamda sel oqimi oqibatida hosil bo‘ladigan suvlar tashkil etadi. Qurilish ishlari 2021 yilda tugallanadi. Suv omborining ishga tushirilishi bilan Ishtixon, Payariq va Bulung‘ur tumanining 35,8 ming gektar suvli va lalmi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon-fermerlari uzluksiz suv bilan ta'minlanadi.
“Bulung‘ur” suv omborini qurish uchun 163.3 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyi boshlarida Shavkat Mirziyoyev yettita yangi suv ombori qurilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026