Efirdan olingan “Hayrat”, zararkunandalikka örgatayotgan ta'lim va işonçni oqlamayotgan uyuşma – adabiyotşunos Rahmon Qöçqor bilan suhbat
|19:47 / 13.04.201927 29516 min
Kun.uzʼ ning navbatdagi suhbatdoşi adabiyotşunos olim, ötgan asrning eng yaxşi adabiy körsatuvlaridan biri “Hayrat”ning muallifi Rahmon Qöçqor böldi.
Adabiyotşunos bilan suhbatimiz “Hayrat” körsatuvi, özbek adabiyoti, ta'lim va tarbiyadagi mavjud kamçiliklar, ularning yeçimi, söz erkinligi, xalqimizni kitob mutolaasidan uzoqlaştirgan omillar, şuningdek, xalq tafakkuri borasida keçdi.
Video:Youtube.com
Video: Mover (tas-ix)
- Rahmon aka, yaxşi bilamiz, siz mualliflik qilgan va ötgan asrning eng yaxşi körsatuvlaridan biri bölgan “Hayrat” körsatuvi çin ma'noda köpçilik insonlarning hayratiga sazovor bölgan. “Hayrat”dan hayratlangan kişilar e'tirofini hozir eslay olasizmi?
- Avvalo, e'tirof va maqtov uçun, bir payt tayyorlab efirga berganimiz “Hayrat” körsatuvi haqidagi ijobiy fikrlaringiz uçun taşakkur. Lekin bir narsani eslatişim kerak, yodingizda bölsa, öşa paytlarda, buni katta avlod vakillari yaxşi eslaşadi, “Hayrat” yolğiz körsatuv emasdi. Bu paytda adaşmasam Dilfuza ismli singlimiz muallifligida “Sinfdoş” körsatuvi bölardi. Qanday jozibali, qanday mulohazali va erkin fikrlaydigan odamlarga erkin ruhni beradigan körsatuv edi.
Yoki rahmatli ustozimiz Ahmad A'zamning “Özlik” nomli körsatuvi bor edi. Bu körsatuvni har hafta millionlab insonlar kutar edi. Yoki döstimiz Dilşod Şamsning “Köngil” nomli körsatuvi bor edi. Aytmoqçimanki, bir daraxt bilan boğ paydo bölmaydi va “Hayrat” ham yolğiz daraxt emasdi, uning atrofida katta-katta daraxt va çinorlar köp edi.
Bunda yana bir savol örtaga çiqadi. Xöş, bu kabi körsatuvlar odamlar qalbidan bunçalik çuqur joy olişiga sabab nima?
Buning sababi, nazarimda, öşa paytda televideniyeda rahbarlik qilgan insonlar sohaning haqiqiy ustalari edi. Ya'ni televideniyeda ham ijod, ham sohaning sir-asrorlarini çuqur bilgan kişilar rahbarlik qilar edi.
Mavzuga oid
Yaxşi bilasiz, televideniye hatto radiodan ham farq qiladi. U alohida bir san'at turi, alohida bir maydon va alohida bir sahna. Şu ma'noda, öşa paytlarda televideniye rahbari örinbosari bölgan Şahnoza opa Ğaniyevani eslaylik. Şahnoza opa televideniyeda efirga beriladigan körsatuvlar sifati uçun javob berardi. Men aniq ayta olamanki, Şahnoza opa biror marta va biror körsatuvimizga daxl qilgan emas. U kişi jamiyat uçun töğri söz, odil söz kerak ekanligini anglagan, ijodni tuşungan inson edi.
Yoki bizning körsatuvimiz efirga beriladigan “Yoşlar” telekanali rahbari öşa vaqtda şoir Xurşid Davron edi. Men heç qaçon Xurşid akaning biz tayyorlagan körsatuvlarga qarşilik qilişini tasavvur qilolmaganman.
Şu ma'noda bu körsatuvlar hamon odamlar xotirasida, yuragida yaşar ekan, bu faqat bizning emas, aynan şu şaroitlarni yaratib bergan insonlarning mehnati edi.
Xudoga şukr, odamlarda “Hayrat”dan nimadir qolganki, hali hamon iş bilan, safarlar bilan viloyatlarga boradigan bölsam, Toşkentda metro yoki avtobusda yuradigan bölsam albatta biror kişi kelib, “Siz falonçi emasmisiz, siz falon körsatuv boşlovçisi emasmisiz” deya söraşadi.
Ular orasida akademik ham, oddiy farroş ham bor. Ana şunday, xalqning e'tirofidan yaxşiroq e'tirof yöq.
- “Hayrat”ning bir sonida özbek şe'riyatida istibdod va istiqlol mavzusiga e'tibor qaratgansiz.
Unda özbek şe'riyatini avlodlarga bölib tahlil qilganingizni köramiz. Ya'ni bu avlod sizning nazdingizda Çölpondan boşlanadi. Çölpon şe'riyati bilan taniş inson biladiki, uning şe'riyati erkin, ozod ruh bilan yozilgani, millat uçun yozilgani, bosqinçilikka qarşi ruh oçiq-oydin sezilişi bilan alohida ajralib turadi.
Undan keyingi, ikkinçi avlod Ğafur Ğulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Şayxzoda, Usmon Nosir avlodi. Ularning şe'riyati mağzida, mazmunida ham özingiz aytganingizdek, mustaqillik uçun kuraş bor, tuzumdan norozilik bor, ammo bu norozilik biroz qobiqqa öralgan holda beriladi. Endi buning sabablarini ham bilamiz. Ya'ni boşida qattol tuzum qiliçi tutib turilgan paytda yozilgan şe'rlar.
Uçinçi avlod Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Gulçehra Nurillayeva va sal keyingi avlod ijodkorlari – Usmon Azim, Şavkat Rahmon, Xurşid Davron avlodi. Bu avlod mustaqillikni körgan va öz-özidan mustaqillik haqida aniq, tiniq fikrlarni yozgan, ularning şe'riyatida baribir qandaydir falsafa közga taşlanadi.
Xöş, şu röyxat bilan hisoblasak, beşinçi avlod sifatida kimlarni bu röyxatga qöşasiz, umuman, beşinçi avlod şe'riyatida qanday ğoyalar közga taşlanyapti va bu avlod şoirlari bugun aslida qanday missiyani bajarişlari kerak va bu missiya bajarilyaptimi?
- Yaxşi kuzatuv qildingiz, yaxşi eslatma berdingiz. Darhaqiqat, özbek şe'riyati har 20 yilda bir yangilanadi. Umuman, dunyo adabiyotida şunday. Har 20 yilda bir avlod yangilanişi, bir tölqin kelişi kuzatiladi. Şu ma'noda beşinçi avlod deb bugungilarni emas, ulardan sal oldinroq, bizning yoşimizdagi avlod bor va buni unutmaslik kerak.
Xurşid aka, Usmon aka, Şavkat Rahmonni davom ettirgan yana bir avlod bor. Abduvali Qutbiddin, Eşqobil Şukur, Halima Ahmedova, Zebo Mirzayeva, rahmatli Çori aka Avaz, A'zam Öktam, Ravşan Fayz... Bu röyxatni köp davom ettiriş mumkin. Mana şu avlod bor edi, bor hozir ham. Albatta, bu avlod ijodkorlarining asarlarini adabiyotşunoslik hali töliq tahlil qilib, bahosini berişga ulgurgani yöq.
Birgina misol keltiraman. Deylik, Abduvali Qutbiddinning “Izohsiz luğat” nomli dostoni. Aytişim mumkinki, özbek dostonçiligidagi eng jiddiy hodisalardan bittasi edi va şunday bölib yaşayapti. Lekin bu dostonning tahlil-u talqini şundayligiça turibdi.
Eşqobilning qanday şe'rlari, qanday töplamlari bor.
Albatta, Halima Xudoyberdiyeva katta şoira, lekin uning singlisi Halima Ahmedova kiçkina şoira emas. Halimaning bugun yozayotgan şe'rlari, berayotgan turkumlari özbekni, nafaqat özbek, balki butun insoniyatning juda jiddiy jabhalariga da'vo qilişi mumkin bölgan şe'riyat.
Bugungi avlod haqida söraydigan bölsangiz, bugungi avlodning hammasi ham bir xilda, bir tekisda ijod qilayotgani yöq.
Ya'ni aytmoqçimanki, töğri, davlatning turli mukofotlarini olgan ijodkorlar yuzlab, lekin bu mukofotlar öz yöliga böldi-yu, ijod boşqa narsa ekan.
Mukofotsiz, lekin qalbida, köksida şe'r degan mukofotni kötarib yurgan şoirlar Xudoga şukr yöq emas.
Ulardan biri Behzod Fazliddin, yana bittasi Şodmonqul Salom. Mana şu ikkita şoir ukamizni, ularning ijodini kuzatib, men bir fikrga kelamanki, Abdulla aka, Erkin akadan qolgan şe'riyat qalami inşa Alloh mana şu yoşlar qöliga albatta ötadi. Bulardan umidim katta.
Savolingizning keyingi qismi, ular öziga yuklatilgan missiyani bajara olyaptimi, degan juda oğir joyiga kelsak. Töğri, özbek şe'riyatining bugungi kunini bitta körsatuv bilan baholaşdan yiroqman, bunga men da'vo qilmayman va bunday huquqni özimga olmayman. Lekin Behzod Fazliddin yoki uning dösti şe'riyatini öqib, şunday bir katta qudratni sezyapmanki, özbekning şe'riyat maydoni juda böşab qolmaganiga işonç paydo bölyapti.
Ayrim misollar keltiray:
Dod solging keladi yolğon çözilsa,
Bozorga aylansa nazm-u, nafosat.
Keçagi bokira sözlar buzilsa,
Tomoşabin bölsa aql-u, farosat.
Sollanib bozorga otlanar sözlar.
Behzod ayni şu holatga isyon qilyapti.
Umuman, şe'riyat, adabiyot bir-ikki kişining çekiga tuşgan, bir-ikki şoirning köngil xuşligi ifodasi emas. Ayniqsa şe'riyat. Mening nazarimda, millatni, mamlakatni bir yaxlit muşt qilib, ruhan birlaştiradigan, jisman oldga intiltiradigan, unga kelajak sari yöl körsatadigan adabiyot bölsa, uning bir qismi şe'riyat.
Çölpon faqat estet bölmadi. Uning missiyasi faqat şoirlik emas.
Fitrat domla, Çölpon, Qodiriy, Usmon Nosir, Ğafur Ğulomlar va undan keyingi siz sanagan ijodkorlar ovozi u yoki bu odamning ovozi emas. Bu millatning ovozi, bu xalqning ovozi. Ular yaxşi ma'noda vositaçi edilar.
Şu ma'noda bugungi şe'riyat afsuski, juda köp unvon, amallar, e'tibor egasi bölgan va har xil davralarga çaqiriladigan, kuni adabiy uçraşuvlarda ötadigan kişilarning köpçiligining na şe'riyatga, va na adabiyotga daxli bor.
Ammo bilib qöyişsinki, ular heç qaçon şe'riyatning örnini egallay olişmaydi.
Şu ma'noda men Behzodning yana bir misrasini keltirmoqçiman.
Kel döstim, havoga soçma fursatni,
Xiyonat qilmaylik sözga, ijodga.
Bir qizça nazarga ilmagan xatni,
Kötarib kirmaylik adabiyotga.
- Rahmon aka, bir vaqtlar “Hayrat” körsatuvining televideniye ekranlaridan majburiy tarzda olib taşlangani haqida gaplar tarqalgan edi. Xöş, ötgan asr özbek televideniyesidagi eng yaxşi körsatuvlardan biri bölgan, millat tafakkurini yuksaltiriş, özligini tanitiş uçun xizmat qilgan, unça-bunça masalalar maromiga yetkazib tahlil qilinadigan “Hayrat”ning çetga surilişiga sizningça, sabab nima edi?
Mavzuni davom ettirgan holda. Bugun Prezident xalq tafakkurini, ongini östiriş, erkin, tanqidiy fikrlaş haqida köp gapiryapti. Ammo hali-hanuz televideniyeda erkin fikr, tanqidga nisbatan çeklovlarni kuzatyapmiz.
Buni hatto internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda televideniye jurnalistlari ham oçiq-oydin e'tirof etişmoqda, tanqid qilişmoqda. Ayting-çi, butun millat tafakkurini rivojlantiriş harakati ketayotgan paytda bunday çeklovlardan kim manfaatdor aslida? Va bunday çeklovlar davom etsa nimalarni yöqotamiz?
- Avvalo, “Hayrat”ning efirdan olinişiga aniqlik kiritib ketaylik. Yuqorida aytganimdek, öşa davrdagi televideniye rahbariyati sababçi bölgan emas. Ular oq yöl tilagan holda efirlarga aralaşgan emas.
Öşa paytda men işlaydigan idoraning rahbarlaridan biri, ya'ni mening töğridan-töğri rahbarim aqlli odam edi. Va bu odam körsatuvlarni körarkan, körib deylik, Rahmon Qöçqor nima uçun şunça dunyo adabiyoti, özbek adabiyoti turib, Dino Busattining “Taqiq” hikoyasini olib çiqyapti, şunça roman turib, Gabriel Markesning “Buzrukning közi” degan romanini olib çiqyapti yoki şunça qissa turib, Erkin A'zamning “Javob” degan qissasini olib çiqyapti, degan savollarni öziga berib körgan.
Har qanday körsatuvda bilasiz, bu mening nazarimda, aysberg böladigan bölsa va uning bir uçi körsatilsa yetadi. Farosatli tomoşabin uning ostini his qiladi. Ya'ni muallifning bu körsatuv va fikr bilan nima demoqçi ekanligini, voqealar qayoqqa oğayotganligini his qiladi.
Va aytganimdek, mana şu aqlli, sezgir inson buni sezib qolgan. Va öz-özidan kattaroq rahbarlarga malol kelib qolsa, “kim bu?”, “qayerlik?” va “kimni qölida işlaydi?” degan savollarga duç kelişiga ham aqli yetgan.
Şuning uçun körsatuvni töxtatiş haqida nafaqat menga, balki televideniye xodimlariga ham aytilgan. Körsatuv tugab qolişi ana şunda bölgan edi.
Men tuşunaman buni, ya'ni bu kutiladigan narsa.
Özi umuman bir narsani aytay Ilyosbek, ijobiy yoki salbiyligidan qat'i nazar, hamma jiddiy narsalarni aqlli, sezgir va köp narsalarning fahmiga yetadigan insonlar qilişadi. Şunçaki ötkinçi, aqli noqis, özimiz qatori odamlar qilişmaydi.
Demak, bu hodisalarni kutiş kerak, bu hodisalarga tayyor böliş kerak.
Ozod Şarofiddinov domla bizga ta'lim berganidek, manzilga yetmoq uçun yölingda uçragan har bitta temir beton simyoğoçni peşona bilan urib sindirib, yiqitib ötiş şart emas. Unda manzil qolib ketadi. Faqat peşona yorilgani qoladi. Şu ma'noda şuning uslubini qiliş kerak.
Ortimda adaşmasam, rus yozuvçisi Edvard Radzinskiyning kitobi turibdi. Bu inson neça ön yillar davomida rus xalqining tarixiy xotirasini tiklagan. Oddiygina, bitta özi, sokin, kresloda oyoğini uzatgança ötirib katta hodisalarni qildi şu inson. Va bugun şu odamning kitoblari özbek kutubxonalaridan joy olib turibdi. Demoqçimanki, Navoiy hazratlaridagi öşa maşhur gap:
“Oqil çin sözdan özğani demas,
Lek har çinni ham demoq oqil işi ermas”.
Ana şu oqilning işini qilişimiz kerak şekilli. Avval ham, bugun ham va kelajakda ham.
Körsatuvning professionalizmi deganda men şaxsan şuni tuşunaman.
Çölpon “Keça va kunduz”da ifoda etgan dardlarini maqola qilsa ham bölardi. Maqolalarda ham bir qismini aytgan, lekin maqolaning ta'siri nima böldi-yu, Çölponning Zebi va Ölmasjon degan taqdirlarga yoki Miryoqub degan taqdirlarga boğlab bergan adabiy hodisasidagi samara qanday böldi?
Yoki Qodiriy domla “Ötkan kunlar”da aytmoqçi bölgan buyuk dardini maqola qilsa ham bölar edi. Yuzlab maqolalarda berişi mumkin edi. Lekin Qodiriy nega roman yozdi? Çunki roman insonning faqat aqliga emas, qalbiga, insonning şuuriga, insonning didiga, kayfiyat va ruhiyatiga birinçi navbatda ta'sir qiladi.
Şu ma'noda körsatuvdir, eşittirişdir, nedir bir ma'noda suhbatdir şunday narsa bölsinki, odamlarning faqat quloği eşitmasin, köngli ham eşitsin. Nazarimda, şunda televideniyedir, boşqadir öz vazifasini bajarayotgan böladi.
Söz erkinligiga qöyilayotgan taqiqlar haqidagi savolingizga kelsak, ayrim taqiq va haq sözni aytişga çöçişlar sovet davrida millatning boşidan ötgan oğir körgiliklar bilan boğliq. “Oğzi kuygan qatiqni ham puflab içadi”, deyişadi-ku.
Bugun siz aytayotgan sözga taqiq, jurnalistlarning bundan norozi holda yozğirişayotganlari nazarimda mana şu holatning qoldiği va inersiyasi deb bilaman.
Ammo har qanday gapni, fikrni ayta oliş mumkin. Boya aytganimday, obrazni topa olsak böldi.
Albatta, qani edi ğarb mamlakatlaridagi plyuralizmni, söz erkinligi muhitini töliq yaratsak va unga erişsak.
Bir narsani esdan çiqarmaslik kerak. Mana şu çeklovlar çala haqiqatlarning urçişiga sababçi böladi. Çala haqiqatlar esa yolğondan yomon böladi.
Biz bu çeklovlar bilan eng avvalo ösib kelayotgan avlodni öldiramiz, ular haqni bilmay ösişadi. Bu juda katta falokat.
Adabiyotşunos olim suhbat davomida şuningdek, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida işlagan yillarining ijodga ta'siri, Özbekistonda öz vaqtida kitobxonlikdan uzoqlaşişga sabab bölgan omillar, xalq tafakkuridagi ayrim qusurlar, zararkunanda kadrlar tarbiyalanişiga xizmat qilayotgan ta'lim tizimi, yoşlar tarbiyasidagi oqsoqliklar borasida ham keskin fikrlarini bildirdi. Mazkur suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.