Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat munosabatlarini elektron şaklga ötkaziş imkonini beruvçi yagona milliy tizimni işlab çiqiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

«Tizimni 1 iyundan işga tuşirişga harakat qilmoqdamiz. Bu yil şunday vaqt keladiki, barça iş beruvçilar mehnat munosabatlarini uşbu elektron tizim asosida rasmiylaştirişlari şart böladi. Har qanday mehnat şartnomasi, uning bekor qilinişi, bir lavozimdan boşqasiga ötkaziş şu yerda rasmiylaştiriladi», – dedi vazir taqdimotda.

Uning qöşimça qilişiça, vazirlik tizimni sinovdan ötkazmoqda. Istagan korxona uşbu tizimni sinab körişi va aniqlangan kamçiliklar haqida vazirlikni xabardor qilişi mumkin. tizim rasman işga tuşişidan oldin unga kiritilgan barça ma'lumotlar öçiriladi.

Mehnat şartnomasi tizim orqali rasmiylaştiriladi, «aks holda mehnat munosabatlari bölmaydi», ta'kidladi vazir. Xodim telefoniga SMS xabar orqali kelgan tasdiq kodi kiritilganidan söng şartnoma imzolangan hisoblanadi. Yuridik şaxs imzosi sifatida esa elektron raqamli imzo (ERI) xizmat qiladi.

«Mehnat şartnomasi davlat tilida tuziladi», – deb qöşib qöydi Kudbiyev. 

Şartnomalar avtomatik ravişda raqamlanadi. 

«Raqamlar takrorlanmaydi. Barça mehnat şartnomalari tartib böyiça raqamlanadi, ya'ni hozir Toşkentda, navbatdagisi Xorazmda, keyingisi Andijonda», – dedi vazir.

Şu tarzda mehnat şartnomalarining elektron bazasi şakllanadi, u esa öz navbatida mehnat daftarçalarining elektron bazasini şakllantiradi. Pensiya hisoblaşda mazkur tizim asosiy axborot bazasi böladi, dedi Kudbiyev.