Naqd tuşumni yaşiriş orqali soliqlardan qoçiş muammosi boy tarixga ega. Doim bunga qarşi çoralar körib kelingan. Uşbu sohaga zamonaviy texnologiyalar kirib keldi. Soliq organlari xodimlariga ularni bartaraf etiş vazifasi yuklatilgan. Bu işni qançalik yaxşi uddalasalar, Davlat budjetiga tuşumlar töliq kelib tuşişini ta'minlabgina qolmay, xaridorlarni firibgarlardan, sotib olayotgan tovar va xizmatlari uçun ortiqça haq tölaşlaridan ham himoyalagan böladilar, deb yozadi Oleg Gayevoy Norma naşrida.
Qonunni hurmat qilmaydiganlarga qarşi ayovsiz kuraşiş lozim
Prezident Şavkat Mirziyoyev Davlat budjetiga tuşumlar prognozlari ijrosi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazib, uning daromad qismini töldiriş rezervlarini körsatdi. Tadbirkorlik faoliyatini legallaştiriş, soliq ma'muriyatçiligini yaxşilaş ular sirasiga kiradi.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda soliqlardan böyin tovlaş sxemalari qöllanilyapti. Soliq organlari qonunbuzarlarga qarşi samarali çoralarni işlab çiqayotganda buni nazardan qoçirmasliklari darkor. Aks holda barça urinişlari zoye ketadi.
Terminaldan qörqmaymiz…
Avvaliga insofsiz tadbirkorlar terminaldan qörqib, faqat naqd pul bilan hisoblaşişga urindilar. Bugun xaridor bank plastik kartasi vositasida hisoblaşmoqçi bölsa, bundan heç kim çöçimaydigan bölib qoldi. Uşbu vaziyatda öşa insofsiz sotuvçilarda Prezidentning 15.02.2017 yildagi PQ–2777-son qarori talablaridan qoçiş yöli bor. Oddiy xaridorlar töqnaş kelgan ikkita holat bunga yorqin misol böla oladi.
Çorsu bozorida xaridor va sotuvçi 500 ming sömlik erkaklar poyabzalini oldi-sotdi qilişga kelişib oldilar. Sotuvçi haqini plastik kartada olişga rozi böldi. Hisob-kitob terminali peştaxtaning körinarli joyida turgan edi. Haq tölaşga kelganda xaridorga bozorning narigi tomonidagi bank bölimiga borişni taklif qildilar. U yerda sotuvçining vakili bir çekkada turgan bankomatdan kerakli summani yeçib oldi. Natijada xaridor karta orqali hisob-kitob qildi, sotuvçi naqd pulga ega böldi. Yutqazgan faqat budjet böldi.
Bunday holatlar faqat bozorlarda uçramaydi. Konsertga çipta sotib olişni olaylik. Kassir xaridorning plastik karta vositasida haq tölamoqçiligini körib, terminal yöqligini aytadi. Vaziyatdan çiqiş uçun tölov tizimlaridan biri yordamida mablağni kartadan kartaga ötkazişni taklif qiladi. Şunday qiladilar ham. Faqat nima sababdan mablağlar yuridik şaxsning sçyotiga emas, kimningdir şaxsiy kartasiga ötkazilgani noma'lumligiça qoladi.












