O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjat bilan 2019-2021 yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Hozirgi kunda ushbu dorilarning aksariyati import qilinadi, ammo tadbirkorlarga vaziyatni to‘g‘rilash bo‘yicha chaqiriq bilan chiqildi.
2019-2021 yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari
ro‘yxati
T/r | Loyiha nomlanishi |
1. | Antibiotiklar |
2. | Endokrin tizimi patologiyasini davolash dori vositalari |
3. | Yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari |
4. | Viruslarga qarshi dori vositalari |
5. | Me'da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash dori vositalari |
6. | Immunobiologik dori vositalari |
















