Takliflarni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz sayti orqali qoldiriş mumkin.

Har safar «yana bir hujjat olib keling», «ertaga keling» degan gapni eşitganimizda vaqtimiz ketadi, işimiz qoladi. Lekin bu talabning özi kerakmi, uni bekor qilsa bölmaydimi?

Endi fuqarolar va tadbirkorlar aynan şunday ortiqça talablarni özgartiriş böyiça taklif berişi mumkin. Özbekistonda «Byurokratiyasiz Özbekiston» taşabbusi boşlandi. Maqsad - odamlarni ovora qilayotgan tartiblarni ularning özidan eşitib, soddalaştiriş.

Siz ham işingizni bitirişda qoğozbozlik yoki ortiqça talablarga duç kelganmisiz? Unda murojaat.byurokratiyasiz2030.uz saytiga kirib, öz taklifingizni yozib qoldiring.
Qaysi tartib sizni ovora qilyapti? U qança vaqtingiz va mablağingizni olyapti? Uni qanday soddalaştiriş mumkin? Aniq misollar bilan yozing.

Takliflar yigirmançi noyabrgaça qabul qilinadi. Sizning taklifingiz köpçilikni qiynayotgan muammoni hal qilişga asos bölişi mumkin.