Konsulxona xabarida qayd etilishicha, davolanish jarayonida qabul qilingan dori vositalarining nojoʻya taʼsiri natijasida ayolning ahvoli ogʻirlashgan, qonida infeksiya rivojlangan va organizmida kuchli reaksiya kuzatilgan. Shunga qaramay, uni uy sharoitida davolash davom ettirilgan.
Ahvoli jiddiylashgach, bemor dastlab Marmara shifoxonasiga olib borilgan. U yerda jonlantirish boʻlimiga joylashtirish imkoni boʻlmagani sababli ayol Kartal tuman shifoxonasiga koʻchirilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan.
Marhumaning jasadi Bosh konsulxona va Oʻzbekiston Migratsiya agentligi hamkorligida Vatanga qaytarilgan.
Bosh konsulxona Turkiyadagi vatandoshlarni dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslikka, norasmiy va tegishli malakaga ega boʻlmagan shaxslarda davolanishdan saqlanishga chaqirdi. Shuningdek, sogʻliq keskin yomonlashganda vaqtni boy bermasdan rasmiy tibbiyot muassasalariga murojaat qilish zarurligini taʼkidladi.
Diplomatik vakolatxona marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

















