Birinçi maqola. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 5 apreldagi “Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoyişi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotimizdagi muhim voqea böldi.

Farmoyişda 1995-1996 yillarda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi “ötiş davri”ning keng kölamli özgarişlarini tartibga solişda muhim rol öynagani hamda iqtisodiyotni liberallaştiriş, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solişda davlat iştirokini kamaytiriş, xususiy mulk kafolatlarini himoya qilişni kuçaytiriş, tadbirkorlikning rivojlanişini rağbatlantiriş va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etiş böyiça ustivor vazifalarni belgilab berganligi alohida ta'kidlanadi.

Ammo Fuqarolik kodeksida bozor iqtisodiyotini yanada çuqurlaştiriş, qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini şakllantiriş, xalqaro reytingda mamlakat örnini yaxşilaşga salbiy ta'sir etuvçi jiddiy kamçilik va böşliqlar mavjudligiga ham e'tibor qaratiladi.

Ana şunday kamçilik va böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida qabul qilingan Farmoyiş Özbekiston Respublikasi fuqarolik qonunçiligini yanada takomillaştirişning ustuvor yönalişlarini özida aks ettirganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Ustivor yönalişlar sifatida esa:

  • fuqarolik qonunçiligi normalarini tizimlaştiriş va unifikatsiya qiliş, ularning eng namunali xorijiy amaliyotlar bilan uyğunligini ta'minlaş, şuningdek, uşbu sohada ilğor xalqaro standartlarni implementatsiya qiliş;
  • xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini ta'minlaydigan, jismoniy va yuridik şaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilaş;
  • ommaviy va fuqarolik huquq normalarini aniq çegaralaş, iqtisodiyotni boşqarişda ma'muriy-buyruqbozlik tamoyillariga asoslangan, öz ahamiyatini yöqotgan va eskirib qolgan qoidalarni çiqarib taşlaş;
  • davlat-xususiy şerikligi, klasterlik işlab çiqarişi, elektron tijorat, kripto-valuta aylanmasi, yer uçastkalarini xususiylaştiriş, uluşli quriliş va boşqa zamonaviy fuqarolik-huquqiy institutlar va iqtisodiy munosabatlar şakllarini huquqiy tartibga solişni ta'minlaş vazifalari belgilangan.

Uşbu Farmoyiş asosida “Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasi” ham tasdiqlanganini qayd etiş joiz. Mazkur Konsepsiyaning kiriş qismida fuqarolik-huquqiy tartibga solişning eng muhim qoidalarini belgilovçi Özbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bugungi iqtisodiy munosabatlar talabi va xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmayotganligining sabablari atrofliça tahlil etilib, bu boradagi muammolarni hal etişning aniq yöllari ham körsatib ötilgan. Masalan, unda: