Majlisda “Fuqarolik kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqildi.

Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi

Taklif etilayotgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan.

Hujjatga asosan kiritilayotgan özgartişda mulk huquqi bilan boğliq munosabatlar maxsus qonun bilan tartibga solinayotganini inobatga olib, Fuqarolik kodeksi tegişli moddalaridagi “qonun hujjatlari” degan sözlar “qonun” degan söz bilan almaştirilmoqda.

Deputatlar aytişiça, qonun loyihasi qabul qilinişi orqali Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qoidalar turliça talqin qilinişining oldi olinadi. Mulkka bölgan huquqlarni bekor qiliş va mulkka doir munosabatlar tartibga solinişiga erişiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.