Ha, xuddi şunday. Toki yaxşi va yomon odam haqidagi tuşunçamiz özgarmas ekan, taraqqiyot yölida ildamlaşimiz qiyin. Bunga qator misollar keltiraman. Avval bir neçta “yomon odam”lar haqida:
Bunday odamlarning biri hamkasbim. Özim bilan işlaydi. Masalan, köçada “tarallabedod” qilib, qoidalarni oyoqosti qilayotgan haydovçini körsa, holatni, maşina raqamini suratga olib, viloyat yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliğiga şaxsan uçraşadi-da, çora körilişini talab qiladi. Agar biror rahbar tadbirkor yöliga tösiq bölsa, ijtimoiy tarmoqlarda rahbarni yer bilan bitta qiladi. “Katta”larga hurmat degan narsa yöq-da.
Olis tumanlardan birida ön yillar oldin Salayev degan “yozuvçi” bölardi. U vafot etganida rahbarlar qöy söyib nişonlaşgan ekan. Sababi u biror-bir rahbarni notöğri işlagani qöymagan. Nopok işga qöl urgan qança rahbarning ustidan yozib “boşini yegan”. Eng açinarlisi, butun umr xalq rizqini qöldan kelgunça himoya qilib kelgan şu odam haqida kimdan sörasangiz bitta javob eşitardingiz: “Qöying, u yaxşi odammas!”
Bir neça marta adolat tarozisi buzilgan çoğda rahbariga haq sözni aytib, işdan ketgan, keyin bir umr salohiyatiga mos biror taşkilotga joylaşa olmagan nihoyatda qobiliyatli kişini bilaman. Darvoqe, xuddi şu sabab bilan işdan ketgan qança odamni aslida har birimiz taniymiz. Tanişimning “betgaçopar”ligi uçun işdan ketgani tuşunarli, ammo keyin bir umr boşqa idoralarga işga joylaşa olmagani sababi bundan ham dahşat. Odatda bizda haliyam aksariyat taşkilotlarda iş sörab kelgan xodimning oldingi iş joyidan tavsifnoma söraşadi. (Özi nega kerak şu?). Boyagi xodimni esa lozim joyda töğri söz aytib boşliğini ayab ötirmagani bir umr ta'qib qildi. Yana bir tomoni uning “tikka” gapirişini bilgan rahbarlarning heç qaysisi işga qabul qilişni xohlamadi. Harholda töğri sözni hazm qila olişdek olijanoblik kamyob fazilat bölsa kerak. Xullas, u xodim ham “yomon odam”.
Men Salim bobo deb murojaat qiladigan navbatdagi “yomon odam”ni ham butun bir tuman rahbariyati yoqtirmaydi. Bundan bir neça yil oldin u yozgan şikoyatni örganiş uçun tumanga borganimda birinçi eşitgan gapim şu bölgan : “Yaxşi odammas, hammaning işiga burnini suqadi, heç kimni tinç qöymaydi”. Örganib bildimki, Salim bobo xalq muammolari haqida rahbariyatga yozib kelgan ekan. Oddiygina misol, aytaylik, mahallalardagi dökonlarga keladigan buğdoy uni. Ana şu unning qoplari sifatsiz bölgani uçun dökondan uyga keltirgunça bir qismi tökiladi. Salim bobo ana şu tökiladigan unning respublika böyiça bir yilda qança bölişini taxminan hisoblab çiqqan va öz vaqtida prezidentgaça bu haqda murojaat qilgan. Ança odamni sarson qilgan. Va “yozuvçi” degan nom çiqargan. Uzoq yil nafaqasidan mablağ yiğib, mahalla ahli uçun köprik qilgan bu odam hatto ana şu köprik loyihasi uçun qator taşkilotlar eşigi oldida oylab sarğaygan. Va nihoyat, viloyat jurnalistlar uyuşmasi rahbari matbuot orqali öşa taşkilotlarning “pöstagini qoqqaç”gina savob iş uçun ruxsat olgan. Darvoqe, sönggi yillarda qator idoralarga kanalböyi muhofaza hududlari haqida murojaat qilib kelayotgan “yozuvçi” ham şu odam. Kanalböyi muhofaza hududlari odatda irrigatsiya boşqarmalari tasarrufiga kiradi. Salim bobo ikki yondan 15 metrgaça bölgan qirğoqböyi muhofaza hududlarini işsiz aholiga ijaraga beriş tarafdori. Odamlar kanalni tozalaydigan texnikalarga xalal bermagan holda bu hududlarni boğ-roğlarga aylantiriş tarafdori. Uning fikriça, şunday qilinsa, respublika böylab ön minglab fuqarolar işli böladi, içki va taşqi bozorlarga yuz ming tonnalab mahsulot çiqadi. Ammo tegişli idoralar özi xohlagan taqdirda ham bu işni qilolmaydi. Sababi aksariyat hududlarda qirğoqböyi muhofaza hududlari qoidaga xilof tarzda fermer xöjaliklari tasarrufiga ötib ketgan. Harholda hali özim bilgan biror-bir irrigatsiya boşqarmasi ana şu tadbirni qoyillatib amalga oşirgan emas. Salim bobo esa Darğom kanalida yoqasidagi bir parça yerni obod qilaman deb naq sakkiz yil yugurdi. Qator rasmiy idoralar irrigatsiya boşqarmasidan ruxsat sörang desa, irrigatsiya boşqarmasi bu yer fermerlarga ötib ketgan, deydi. Mavzuga qaytamiz.

















