«Rostov» hujumchisi, yakshanba kuni «Spartak» bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba golini urgan Eldor Shomurodov «Sport Ekspress» muxbiri savollariga javob qaytardi.

– Dushanbada Rostov-Donning haqiqiy qahramonidek uyg‘ondingizmi? 
– Bunday demagan bo‘lardim. «Spartak» ustidan qozonilgan g‘alabani unutib, keyingi o‘yin haqida o‘ylash kerak.

– Moskvaliklar birinchi navbatda nimaning hisobiga mag‘lub etildi?
– Ikkita omilni aytgan bo‘lardim: intizomli o‘yin va astoydil borini berib o‘ynash hisobiga. Yigitlar o‘yin uchun rejani bajarishdi. Va, albatta, muxlislarning qoyilmaqom qo‘llab-quvvatlashlari. Ularga gap bo‘lishi mumkin emas!

– Gol urishingizni oldindan sezganmidingiz?
– Ochig‘ini aytsam, o‘yindan oldin menga ko‘pchilik: «Eldor, sen maydonga tushib, uni golsiz tark etmaysan!» degandi. Jamoadoshlarim va muxlislar ana shunday fikrda edilar. Menga nega bunchalar ishonch bildirishayotganini bilmayman, lekin yakunda ular aytganiday bo‘ldi. (kuladi)

– «Spartak» nimasi bilan hayron qoldirdi? Mehmonlardan yaxshiroq o‘yin kutganmidingiz?
– Umuman olganda, raqibning ana shunday o‘ynashiga tayyorlangandik. Tan olish kerak, «qizil-oqlar» yetarlicha vaziyatlar yaratishdi. Biz shunchaki o‘z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalana oldik.

– O‘zbekistonda sizni Messi deb atashadi. Endi «Rostov»dagilar nima deyishyapti?
– Baribir bu fikrga qo‘shilmayman. O‘zbek Messisi deb atashlari afsona xolos. Meni hech kim bunday deb chaqirmagan.

– Unda nima deb chaqirishadi?
– Shoma yoki Shomik. Vatanimda ham, bu yerda ham.

Shomurodov: «Gol bo‘lishini zarba berishim bilanoq sezgandim»

– O‘yin tugagandan keyin Valeriy Karpin sizga nima dedi?

– «O‘zing xohlasang, qo‘lingdan keladi».