«Bilimlar bellaşuvi» baholaş mezonlarida nimalar özgardi?

Har yili an'anaviy tarzda umumta'lim maktablari öquvçilari uçun fanlar böyiça «Bilimlar bellaşuvi» uç bosqiçda (maktab, tuman/şahar, viloyat) ötkaziladi. Öquvçilar bilimini baholaş, ularni izlanişga yanada rağbatlantirişga xizmat qiluvçi mazkur bellaşuv baholaş mezonlariga bir qator yangiliklar kiritildi. Baholaş mezonidagi özgarişlar haqida Respublika ta'lim markazi bölim boşliği Farrux Abdullev batafsil ma'lumot berdi.

Ilgari tört, keyin esa uç bosqiçda

Mutaxassisning bayon etişiça, «Bilimlar bellaşuvi»ni taşkil etişning ikki huquqiy asosi mavjud. Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 16 yanvardagi 13-sonli buyruğiga asosan tanlovning Nizomi tasdiqlangan. Keyinçalik ota-onalar va öqituvçilarning fikr va takliflariga binoan 2017 yil may oyida tanlov nizomiga özgartiriş kiritilgan. Ya'ni bellaşuvni 4 bosqiçda (maktab, tuman/şahar, viloyat, respublika) emas, balki 3 bosqiçda ötkazib, tugatiş, respublika bosqiçini bekor qiliş belgilandi. Bunga öquvçilarning kiçik yoşda ekanligi, respublika bosqiçi uçun poytaxtga keliş zarurati noqulaylik tuğdirgani sabab böldi.

Test savollari miqdori kamaytirildi

Test topşiriqlarini onlayn platformada topşiriş yölga qöyilgan. Ya'ni öquvçi kompyuterda onlayn tarzda işlagan test natijalarini öşa zahotiyoq bilişi mumkin. Bu testlarni baholaş jarayonida noxolisliklarga yöl qöyilmasligini közda tutadi. Şunda ham iştirokçida e'tiroz bölsa, xatoliklarini körib çiqişi uçun imkoniyat beriladi.

Test topşiriqlari miqdori bilan boğliq özgarişlar mavjud. Testlar soni 30tadan 25taga tuşirilgan. Ilgari 30ta testga 2 balldan berilgan bölsa, endi 25ta testga 2,4 balldan ajratiladi.

Bu iştirokçilar uçun bir qator qulayliklar yaratadi. Öquvçi kompyuter qarşisida kamroq ötiradi. Jarayonni tezroq yakunlab, uyiga tezroq qaytişi mumkin böladi. Şuningdek, test sonlarining kamligi ham iştirokçiga yengillik beradi, ruhiy bosim kamroq böladi.

Faqat tarix, huquq va iqtisodiyot fanlari bundan mustasno. Çunki bu fanlarda iştirokçi faqat test işlaydi, yozma iş bölmaydi. Şu bois ular ikkinçi bosqiçda 40ta, uçinçi bosqiçda 50ta test işlaydi. Ularga özgartiriş kiritilmagan.

Darslikdan taşqari manbalardan ham savollar tuziladi

Xalqaro olimpiadalarning ötkaziliş me'yorlari örganilgan holda yana bir yangilik joriy etildi. Ya'ni bellaşuv topşiriqlariga 20-25 foizgaça darslikdan taşqari manbalardan ham savollar kiritilişi mumkin. Bu orqali iştirokçining masalaga ijodiy yondaşuvini oşiriş közlangan. Şuningdek, öquvçilarning xalqaro olimpiadalar tizimiga moslaşişiga ham yordam beradi.