22 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov öz diplomatik missiyasini tugatayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elçisi Yuriy Savçenkoni qabul qildi.
Uçraşuvda köp qirrali Özbekiston-Ukraina aloqalarining holati va uşbu hamkorlikni, birinçi navbatda ulkan foydalanilmagan salohiyat mavjud bölgan savdo-iqtisodiy sohada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot çoğida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşda Elçining köp yillik faoliyatiga yuqori baho berildi.
Elçi Özbekistondagi diplomatik faoliyatida körsatilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirdi.
65 yoşli Savçenko 2010 yildan beri Ukrainaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlab kelayotgandi.








