«Real» hujumçisi Karim Benzema Ispaniya çempionatining 33-turida «Atletik»ka qarşi öyinda het-trik qayd etdi (3:0).

Fransuz hujumçisi madridliklar jamoasining oxirgi 8 golini bir özi urgan. MisterChip ma'lumotiga köra, «Real»ning 117 yillik tarixida hali heç bir futbolçi bu natijani zabt etolmagandi.

Benzema ötgan turlarda «Ueska», «Valensiya», «Eybar» (dubl), «Leganes» klublariga qarşi öyinlarida darvozalarni işğol etgandi.

Taqqoslaş uçun, madridliklar tarixidagi eng yaxşi töpurar, ötgan yil yozida «Yuventus»ga ötib ketgan Kriştianu Ronalduda bu körsatkiç 5ta golga teng.

Benzema madridliklarning keyingi 2 golini ham kiritsa, bu borada La Liga rekordini yangilaydi. Hozirda uşbu rekord Kini («Sporting»), Kodro («Real Sosedad») va Messiga («Barselona») tegişli bölib, ular jamoasining qatorasiga 9ta golini urişgan. 

Benzema «Real» safida 2009 yildan buyon töp surib kelmoqda. Joriy mavsumda u Primeraning 33 öyinida maydonga tuşib, 21 gol urgan va 5 golga uzatma bergan. Endilikda u «Barselona» hujumçisi Luis Suaresni (20 gol) ortda qoldirib, turnir töpurarlari röyxatida faqat katalonlarning boşqa bir hujumçisi Lionel Messidan ortda qolgan holda (33 gol) ikkinçi öringa kötarilgan.

Qolaversa, bu mavsumda u «Real»ning barça turnirlardagi öyinlarida jami 30 gol urgan va bu klubdagi faoliyati davomidagi eng sermahsul ikkinçi mavsumni qayd etmoqda. 2011/12 yilgi mavsumda Benzema 32 gol urgandi. Joriy mavsumda «Real» yana 5ta öyin ötkazişi hisobga olinsa, fransiyalik hujumçida öz körsatkiçini yaxşilaş imkoniyati mavjud.

Öyindan keyin bergan intervyusida Karim Benzema yana köp yillar davomida klubda qoliş istagini bildirdi. 

«Real»da qolmoqçiman. Men dunyoning eng yaxşi klubi tarkibida öynayapman», – deb Benzema sözlarini keltirmoqda Marca.

31 yoşli hujumçining madridliklar bilan imzolagan şartnomasi 2021 yil yozigaça möljallangan.

Avvalroq, «Real» uning örniga «Ayntraxt» hujumçisi Luka Yoviçni olmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.