Prokuratura organlari davlatga yetkazilgan 293 mlrd so‘m zararni undirdi

Foto: KUN.UZ
Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni aniqlash va undirish choralari ko‘rib borilmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Statistik hisobotlarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari yuzasidan prokuratura organlarida 2019 yil 3 oyi davomida jami 603 ta (2018 yilda 527 ta) iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari ish yurituvga qabul qilinib, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida jami 330,8 mlrd. so‘m (121,3 mlrd. so‘m) miqdorida zararlar aniqlanib, shundan 303,9 mlrd. so‘mi (115,6 mlrd. so‘m) yoki 91,9 foizi (95,3 foizi) tergov davomida undirilgan bo‘lsa, qolgan 26,9 mlrd. so‘mi (5,7 mlrd. so‘m) yoki 8,1 foizi (4,7 foizi) zararni undirish yuzasidan sudlarga da'vo arizalari kiritilgan.
Shundan davlatga yetkazilgan 293,2 mlrd. so‘m (98,2 mlrd. so‘m) zarar undirildi.
Shuningdek, 2018 yil 3 oyi davomida davlat ulushi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va fuqarolarga yetkazilgan jami 6,2 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning 3 oyida 11,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.
O‘tgan yilning 3 oyi davomida 29,5 mlrd. so‘m pullar naqd pul shaklida undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 159,6 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 5,4 barobarga oshgan bo‘lsa, 28.8 mlrd. (16.1 mlrd.) so‘mlik zararni pul ko‘chirish yo‘li bilan undirilishi ta'minlangan.
Mazkur yo‘nalishda ishlar tizimli davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi
Jahon | 08:40
-
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi
Jahon | 08:21
-
Eron TIV rahbari: Vashington bilan yadroviy muzokaralarni boshlash haqida hech qanday qaror qabul qilinmagan
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

16:03 / 30.04.2025