Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Nurota tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Navoiy viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar, xöjalik birlaşmalari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Nurota tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlar dasturi” ma'qullanişi mumkin.

Dasturning asosiy ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoşlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlaş orqali ularning daromadlarini va turmuş darajasini oşiriş;

kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş;

yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va mavjud işlab çiqariş quvvatlarni modernizatsiya qiliş orqali sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş;

mavjud foydali qazilmalar – marmar, granit konlarini özlaştiriş natijasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va tabiiy resurslardan samarali foydalaniş;

qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş va ularni qayta işlaş darajasini oşiriş;

muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholini toza içimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oşiriş;

hunarmandçilik, şu jumladan, hudud uçun xos bölgan qadimiy kaştaçilik va xalq amaliy san'atini rivojlantiriş;

tuman markazi va boşqa aholi yaşaş joylari me'moriy qiyofasini tubdan özgartiriş hamda obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş;

aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş çora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2021 yillarda tumanda raqamli texnologiyalar öquv markazini taşkil etiş va unda bepul ta'lim beriş.

Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oşiriş orqali quyidagi natijalarga erişilişi közda tutiladi: