Jizzax viloyati Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmatiga köra, qömita tasarrufidagi “Nurota” davlat qöriqxonasi hududiga örnatilgan fotoqopqonlarda Qizilqum arxarlarining bir suruvi suratga olindi.
Xalqaro qizil kitobga kiritilgan Qizilqum arxari (Seversov qöyi) Özbekistondagi endemik tur hisoblanib, ötgan asrni 60-70 yillarida batamom yöqoliş xavfi ostida qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ötgan asrda Nurota toğlarida 100-150 boş arxarlar qolgan edi. “Nurota” davlat qöriqxonasi taşkil etilgandan keyin arxarlar populyatsiyasi qöriqxona hududida saqlab qolindi.
Qöriqxona hududida ilmiy xodimlar va nozirlar tomonidan har yili bahorgi va kuzgi sanoq olib boriladi. Oxirgi sanoq natijalariga köra ularning soni örtaça 1400 ga yetgani ma’lum böldi.
Olib borilayotgan doimiy muhofaza çoralari natijasida qöriqxonada arxarlarning soni barqarorlaşgan.

















