Boş prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari Umarbek Yaxşimurodoviç Xalilov lavozimdan ozod etildi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u Navoiy viloyatining Nurota tumaniga hokim etib tayinlangan.

Umarbek Xalilov bu lavozimda Jamoliddin Jumaquloviç Hamroyev örnida iş boşlaydi.

Umarbek Xalilov 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigaça Navoiy viloyati Navoiy şahri hokimi bölib işlagan. U ötgan yilning 17 mayida Boş prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar etib tayinlangandi.

Ayni vaqtda Agroinspeksiyaning yangi rahbari kim bölgani haqida ma'lumot yöq.

Qayd etiş kerakki, bugun Navoiy viloyatiga taşrif buyurgan prezident Şavkat Mirziyoyev Nurota tumanida ham böldi va «Çaşma» ziyoratgohini ziyorat qildi.