Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpin bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi 25 aprel kuni ertalab Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun XXRga tashrifi bilan qutladi. Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikning bugungi holatini yuksak qadrlashi hamda mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat'iy intilishini ta'kidladi.
Davlat rahbari xalqaro forumda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu tadbir ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi va butun Xitoy xalqini yaqinlashib kelayotgan muhim sana – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan muborakbod etdi.

- Hurmatli Prezident, Siz birinchi forumda ham ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman. Shu ma'noda, Sizni “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi asoschilaridan biri sifatida qabul qilamiz, - dedi Si Tszinpin. - O‘zbekistonning forumga e'tibori va ishtiroki mamlakatlarimiz hamkorligi rivojidan dalolat beradi. Ikki tomonlama ko‘plab kelishuvlarga erishilgan va ular izchil amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining istiqboli porloq.

Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026