Amaldagi tartiblarga köra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro poçta jönatmalari orqali jönatiş taqiqlangan. Ammo şunga qaramay, poçta jönatmalari orqali qonunga xilof ravişda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bölgan dori vositalarini jönatiş holatlari uçrab turibdi.
Yaqinda Toşkent şahar bojxona boşqarmasining “Boş poçtampt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari şu turdagi qoidabuzarlikni foş qilişdi.

Jumladan, fuqaro F.S. nomiga xorijdan yuborilgan poçta jönatmasi bojxona körigidan ötkazilganda bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, tarkibida psixotrop va narkotik moddasi bölgan 100 dona “Piralgin” nomli dori vositalari borligi ma'lum böldi.
Şuningdek, fuqarolar L.T. va D.V. nomiga yuborilgan poçta jönatmalarida ham sifati kafolatlanmagan 20 dona dori-darmonlar hamda tarkibida "Tramadol" moddasi mavjud bölgan 10 dona “Tramal retard” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.







