Sport | 11:00 / 26.04.2019
7373
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatini kuchli beshlikda yakunlashdi

21-24 aprel kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston jamoasi hisobiga yana bir medal kelib tushdi.

Oxirgi kun dasturida erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish sektorida ishtirok etgan Suhrod Xo‘jayev Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Xo‘jayev musobaqada 72.85 metr natija qayd etdi.

Osiyo chempionati. Qatar.
Bosqon uloqtirish, erkaklar.

1. Dilshod Nazarov (Tojikiston) – 76,14 m
2. Ashraf Elsayfiy (Qatar) – 73,27 m
3. Suhrob Xo‘jayev (O‘zbekiston) – 72,85 m

Mazkur Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari jami 5ta medal qo‘lga kiritishdi. Ularning 3tasi oltin, 2tasi bronza medalidir. Ushbu natija bilan o‘zbekistonlik yengil atletikachilar musobaqani umumiy hisobda beshinchi o‘rinda yakunlashdi. Birinchi o‘rinni Bahrayn (11-7-4), ikkinchi o‘rinni Xitoy (9-13-7), uchinchi o‘rinni Yaponiya (5-4-9), to‘rtinchi o‘rinni esa Hindiston (3-7-7) band etdi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan terma jamoa vakillari 26 aprel kuni Toshkentga qaytib kelishdi. Ularni kutib olish marosimida O‘zbekiston MOQ mutasaddilari, atletlarning yaqinlari va keng sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqa bu sportchilar uchun Tokio Olimpiadasiga o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi. Quyida shohsupaga ko‘tarilgan atletlar:

Oltin medal egalari:
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash
Nadiya Dusanova – balandlikka sakrash
Yekaterina Voronina – yetti kurash
Bronza medali egalari:
Svetlana Radzivil – balandlikka sakrash
Suhrob Xo‘jayev – bosqon uloqtirish.

Mavzuga oid