Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» rahbariyati Zidanning ixtiyoriga qarshi borib Iskoni sotib yubormoqchi
Iskoning «Real»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
27 yoshli ispaniyalik havbek Santyago Solari boshqaruvi vaqtida faqat 18 foizlik o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, ammo u Zinedin Zidan jamoaga qaytgach, ko‘proq o‘ynay boshladi.
As xabariga ko‘ra, Zidan Isko klubda qolishini istamoqda, ammo Madrid klubi direktorlari futbolchini transferga qo‘yish tarafdori.
«Real» rahbariyatidagilar Iskoni hozir nisbatan qimmatroqqa sotish mumkin deb hisoblashmoqda. Ular futbolchi keyingi mavsumda ham zaxirada qolishi va bu uning transfer qiymatini pasaytirishi mumkin.
Transfermarkt portalida Iskoning transfer qiymati bir yil ichida 90 million yevrodan 60 million yevrogacha pasaygan.
Isko avvaliga «Manchester Siti»ga o‘tishni rejalashtirayotgandi, ammo Zidanning qaytarishi uning fikrini o‘zgartirdi va u endi klubni tark etishni istamayapti.
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026