Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Sharaf lentasi»ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan bir qator yirik loyihalarga start berildi.
Xususan, joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida dekada e'lon qilindi.

Ikkinchi jahon urushida matonat ko‘rsatgan hamyurtlarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi.

Dastlabki lenta tarqatish marosimi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosi yonida o‘tkazildi. Marosimning ochilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati, taniqli fan, ta'lim va madaniyat namoyondalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi orkestri jo‘rligida yangragan musiqa sadolari ostida ittifoq faollari hamda ko‘ngillilar milliy bayroq ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi”ni aholi vakillariga ulashdi. Mazkur aksiya bugundan butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladi.
“Sharaf lentasini” aholi vakillariga ulashish poytaxtning Sayilgoh ko‘chasida ham o‘tkazildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bugun bu muazzam maskan har qachongidan gavjum bo‘ldi.

— Ikkinchi jahon urushi yillarida yurt himoyasiga otlanib, Vatanga munosib xizmat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bugungi aksiyaning o‘tkazilishi meni nihoyatda to‘lqinlantirdi, —deydi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Yoqub Ahmedov.— Zero, ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lish har bir yoshning burchiga aylanmog‘i darkor.

Ushbu aksiya shuningdek, poytaxtdagi Xalqlar Do‘stligi maydonida hamda «Yoshlik» talabalar shaharchasida o‘tkazildi.
Shuningdek, aksiya davomida ishtirokchilar «Sharaf lentasi» aks etgan fotosuratlarini #SharafLentasi, #RibbonHonor,, #LentaSlavy heshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlarda joylab bordi.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026