Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joylaşgan «Yoğoçli sardoba» tarixiy obidasi açinarli holatga kelib qolgan. Bu haqida Mahalla naşrida maqola e'lon qilindi.

Muallifning yozişiça, ayni ahvoldan bu joy qaçonlardir Buyuk Ipak yöli karvonlarining sevimli maskanlaridan biri sifatida qaynoq va gavjum şahar bölganiga işoniş qiyin.

Obidaning atrofi temir panjara bilan tösilgan, darvozasi esa bir parça mato bilan boğlab qöyilgan. Tevarak-atrofi çiqindilar bilan töla, yonidagi ikkita binoning qurilişi ham yakuniga yetmagan. «Yoğoçli sardoba»  joylaşgan hududda sayyohlar uçun deyarli şaroit yöq.

«Yoğoçli sardoba»  «Toşkent — Samarqand — Buxoro»  şaharlarini boğlovçi avtomagistral yöl yoqasida joylaşgan. Uşbu öziga xos yodgorlik bu avtomagistral yöldan ötuvçilar uçun ham qiziqarli bölişi tabiiy. Şu sababli yodgorlik turistik marşrutga kiritilsa, sayyohlar Mirzaçölning Buyuk Ipak yölida tutgan örni töğrisida köplab ma'lumotlarga ega bölişlariga yordam beradi» ,– deya bayon etadi muallif.

Ma'lumot uçun, Sardoba haqidagi ilk ma'lumot Hofiz Taniş al-Buxoriyning «Abdullanoma»  asarida keltirilgan. Buxoro xoni Abdullaxon II Toşkentga yurişi çoğida şu hududda hordiq çiqariş uçun töxtab, suvsizlikdan qiynalgan askarlari uçun sardoba va karvonsaroy qurişni buyuradi.

Inşootning ğiştlari kvadrat şaklda bölib, gumbazning içki diametri 15, balandligi 12 metr. Sardobaning içki qismida yerdan 2 metr balandlikda yopiq, uyasimon tuynuklar joylaşgan. Devorining qalinligi pastki qismida 1,5 metrni taşkil etsa, yuqoriga kötarilgan sari yupqalaşib boradi va eng yuqori qismida uning qalinligi bir ğişt körinişiga keladi. Unga faqatgina şimol tarafdan kirilgan. Qolgan uç tarafida ark körinişidagi tuynuklar bölgan. Kiriş arksimon bölib, undan ğiştli zinapoyalar orqali sardoba içkarisiga ötilgan.