Jahon | 17:26 / 27.04.2019
34216
3 daqiqa o‘qiladi

Putinning do‘sti 140 mlrd rublga Volga bo‘ylab ko‘prik quradi. Undan faqat Qrim ko‘prigi qimmatroq bo‘lgan

Arkadiy Rotenbergning «Mostotrest» kompaniyasi Tolyattini chetlab o‘tgan holda Volgon bo‘ylab ko‘prik qurish uchun buyurtma olishi mumkin. Bu haqda «Vedomosti» yozmoqda

Arkadiy Rotenberg va Vladimir Putin
Foto: Mixail Metsel / TASS

U so‘nggi yillarda Rossiyada qurilgan ikkinchi eng qimmat ko‘prik bo‘ladi. Shu bilan birga, birinchisi - Rossiyaning qit'a qismini Qrim yarim oroli bilan bog‘lagan ko‘prikni ham Rotenberg qurgan. Loyihaning qiymati 130-140 milliard rubl bo‘ladi. Qrim ko‘prigining qiymati esa biroz ko‘proq edi - 227 milliard.

Loyiha Volga bo‘ylab 3,7 km uzunlikdagi ko‘prik va M5 «Ural» trassasi bilan bog‘lanuvchi, umumiy uzunligi 102,7 km bo‘lgan to‘rtta yo‘lakli avtomobil yo‘lidan iborat.

Qurilishni 2019 yilda boshlash, 2024 yilga qadar esa tugatish rejalashtirilmoqda. Samara oblasti hukumati loyihaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 620 million rubl sarflab bo‘ldi. 2019 yil 29 martda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev shu yil oxirigacha avtomobil yo‘li hamda ko‘prik loyihasiga 30 milliard rubl ajratish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ishning umumiy qiymati 130-140 milliard rublni tashkil qilishi mumkin, deya xabar beradi «Vedomosti» manbalari.

Yo‘l pullik bo‘ladi. Loyihada konsessioner - qolgan qismni moliyalashtiradigan, so‘ng loyihani amalga oshirish davomida investitsiyalarni qaytaradigan xususiy sarmoyador paydo bo‘lishi kerak.

Arkadiy Rotenberg‘ning tuzilmalari ko‘prik qurilishi bo‘yicha eng muhim loyihalar uchun shartnomalar olib kelyapti. 2014 yilda Qrim ko‘prigini qurish bo‘yicha tanlovni Rotenbergga tegishli «Stroygazmontaj» MChJ tarkibiga kiruvchi «SGM-Most» kompaniyasi yutib oldi. Tanlov bir ishtirokchi bilan o‘tkazildi - boshqa xohlovchilar bo‘lmagan. Hozir, bozor ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, qurilish uchun da'vogarlar soni yanada kamayib ketgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid