Çempionşipning 45-turida «Lids» va «Aston Villa» örtasida keçgan öyin vaqtida futbolda kam kuzatiladigan holat röy berdi.
Öyinda avvaliga mezbonlar bahsli vaziyatda hisobni oçişdi - bu vaziyatda maydon markazida «Aston Villa» futbolçisi jarohat olib maydonga yiqilgaç, mehmonlar töp maydondan çiqarib yuborilişini kutişdi va feyr-pleyga amal qilmagan raqib hujumga ötayotganida hujumni töxtatişga keçikdi. Bu hujum esa Mateuş Klixning goli bilan yakunlandi - bu vaqtda öyinning 72-daqiqasi ötib borayotgandi. Mehmonlar bu holatdan keyin keskin norozilik bildirişdi va Klixga taşlanişdi. Bu tartibsizlik yakunida öyin boş hakam «Aston Villa» hujumçisi Anvar Al-Ğoziyga qizil kartoçka körsatdi.
Here’s the whole sequence #bielsa #lufc pic.twitter.com/9NilEMqE28
— Tómi Ọládipọ̀ (@Tomi_Oladipo) April 28, 2019
Bu epizoddan keyin «Lids» boş murabbiyi Marselo Belsa öz futbolçilariga darvozani raqibga oçib qöyiş va ular emin-erkin hisobni tenglaştiriş imkonini berişni buyurdi.
Töp maydon markazidan öyinga kiritilgaç, mezbonlar turgan joyidan qimirlamadi, faqat himoyaçi Yanssen murabbiy qaroriga böysunişni istamadi va oxirgi soniyalargaça jamoasi darvozasi işğol etilişiga qarşilik körsatdi. Ammo Adoma hisobni tenglaştirişni uddasidan çiqdi.
Credit to Bielsa. Before this, a Villa player was down injured, and while Leeds had the ball, they motioned as if they were going to kick it out, then went on to score (a great goal). Bielsa then ordered his team to let Villa score. Brilliantly bizarre! pic.twitter.com/e0FSTiCPfh
— Kevin Egan (@kev_egan) April 28, 2019
Qayd etiş kerakki, bu öyindagi ğalaba «Lids» uçun öta zarur edi va 3 oçko qölga kiritilgan taqdirda jamoa oxirgi tur oldidan 85 oçko töplagan holda ikkinçi örindagi «Şeffild Yunayted» (88 oçko) bilan APLga töğridan-töğri yöllanma uçun raqobatni saqlab qolardi. Ammo Belsa APL yöllanmasidan halol öyinni ustun kördi.
46-tur oldidan chempionship turnir jadvalidagi birinçi va ikkinçi örin egalari «Norviç» (91) hamda «Şeffild Yunayted» (88) APLga yöllanma olişdi. Çempionşipning 3-6 örinlarida «Lids» (83), «Vest Bromviç» (80), «Aston Villa» (76) va «Derbi Kaunti» (70) joylaşgan. Bu jamoalar pley-off öyinlari orqali APLning uçinçi yöllanmasi uçun kuraş olib borişadi.












