Lukashenkoning Xitoydagi sammitni barvaqt tark etishining sababi ma'lum qilindi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xitoyda o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” sammitini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘liq mojarodan keyin barvaqt tark etdi. Bu haqda rossiyalik jurnalist va teleboshlovchi Sergey Dorenko o‘z Telegram-kanalida ma'lum qilgan.
Jurnalistning aytishicha, Belarus yetakchisi 27 aprelga belgilangan barcha tadbirlarni o‘tkazib yuborgan. U rasmiy uchrashuvlar tugashini kutib o‘tirmay, Pekindan jo‘nab ketgan.
“Ko‘rinishicha, Lukashenko samolyoti muddatdan avval Minskka uchib ketgan. Uning o‘zini bunday tutishida Putinga araz sabab. Putin u bilan uchrashuvdan o‘zini olib qochdi”, deb aytgan Dorenko. Biroq u Rossiya prezidenti nima uchun uchrashishni istamaganiga aniqlik kiritmagan.
Lukashenkoning sammitning 27 apreldagi birinchi yig‘ilishini o‘tkazib yuborganiga Kreml jurnalisti Dmitriy Smirnov e'tibor qaratgan. U yig‘ilishda Lukashenko o‘rniga Belarus vakili sifatida boshqa amaldor ishtirok etgan videoyozuvni e'lon qilgan.
Vladimir Putin prinyal uchastiye v pervom subbotnem zasedanii foruma «Odin poyas. Odin put» v Pekine. Aleksandr Lukashenko utrennyuyu vstrechu propustil pic.twitter.com/YyEU0hAeXn
— Dmitriy Smirnov (@dimsmirnov175) April 27, 2019
Lukashenko samolyotining harakatlanishi haqidagi ma'lumotni PlaneFinder saytida ko‘rish mumkin. “U yerda haqiqatan ham EW-001PB samolyoti 26 aprel kechasi Minskka uchib ketgani ko‘rsatilgan”, deb aytilgan xabarda.
Ikkinchi “Bir makon, bir yo‘l” sammiti 25-27 aprel kunlari Pekinda bo‘lib o‘tdi. Unda 37 ta davlat prezidenti va bosh vazirlari, jumladan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
19:46 / 06.11.2024
Putinning AQSh prezidentlik saylovi natijalariga munosabati ma’lum qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
17:05 / 04.11.2024