Turkiyaning Antalya şahrida bölib ötgan şaxmat böyiça maktab öquvçilari örtasida jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medalni qölga kiritdi.

Özbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Nodirbek Yoqubboyev (17 yoşgaça yigitlar), Javohir Sindarov (15 yoşgaça ösmirlar) va Humoyun Begmuratov (9 yoşgaça bolalar) taqdim etişdi. Kumuş medalini Şamsiddin Vohidov (17 yoşgaça yigitlar) va bronza medalini esa 13 yoşgaça qizlar musobaqasida Umida Omonova qölga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Möğuliston va Qozoğiston kabi 3 ta oltinga egalik qilgan Özbekiston terma jamoasi kumuş medallar soni böyiça ulardan ortda qoldi va 3-örinni egalladi.

Mazkur musobaqada 33 mamlakatdan 392 nafar şaxmatçi qatnaşdi. Turkiya terma jamoasi eng köp – 125 kişilik tarkib bilan qatnaşgan bölsa, Qozoğistondan 64 nafar, Ozarbayjondan 29, Angliyadan 27, Möğulistondan 23 nafar yoş şaxmatçilar iştirok etdi. Umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan Özbekiston terma jamoasi esa 10 kişilik tarkib bilan qatnaşdi.

Keça, Islom Karimov nomli Toşkent Xalqaro aeroportida şaxmatçilarimiz tantanali kutib olindi.