Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin ukrainlar va ruslar uchun umumiy fuqarolik hamda Saakashvilining pasporti haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, agar rossiyaliklar va ukrainaliklarda umumiy fuqarolik bo‘lsa, unda bu ularga faqat foyda keltiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, u «Mehnat Qahramoni» medallarini topshirish marosimida shunday bayonot bilan chiqqan.
«Men ko‘p marta aytganman - ukrainlar va ruslar birodar xalqlar, hattoki undan ham ko‘proq. Umuman olganda, mening fikrimcha, bu bir millat. Agar bizda umumiy fuqarolik bo‘lsa, unda bundan ham ruslar, ham ukrainlar foyda ko‘radi», - dedi Putin.
Shuningdek, Putin Gruziya sobiq rahbari va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga Ukraina pasportini qaytarishni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Putin Ukrainadagi saylovlarda g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiyga inson huquqlarini himoya qilishni «gruzinlar yoki sobiq gruzinlardan» boshlashni maslahat bergan.
«Masalan, o‘tmishda gruzin bo‘lgan, bugun esa o‘zini ukrain deb hisoblayotgan shaxsga Ukraina pasportini qaytarish to‘g‘ri bo‘lardi. Men Mixail Nikolayevich Saakashvilini nazarda tutyapman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.
Putinning fikricha, Saakashviliga Ukraina pasportining qaytarilishi adolatli qarorga aylanadi.
Bundan oldin, Putin Donbassdagi mojaro qanday shartda tugashini aytgandi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
20:57 / 13.07.2026