Kun.uz «Çinor ostidagi duel», «Kelinlar qözğoloni» filmida aktyorlik, «Toğa», «Sabot» filmlarida rejissyorlik işi bilan tanilgan san'at namoyandasi Raşid Malikov bilan jamiyat va yoşlar, maşhur kinomukofotlar, özbek filmlaridagi takroriy mavzular, zamonaviy özbek kinosan'ati saviyasi töğrisida suhbatlaşdi.

Suhbat davomida Raşid Malikov yoşlarbop filmlar töğrisida öz fikrlari bilan bölişdi va AQŞ fentezi filmlaridagi yondaşuv töğrisida sözladi.

«Flagman kinematografiyasi – AQŞni misol qilib olsak, kinematografiyasining deyarli 60-70% qismi yoşlar uçun olingan filmlardir. Şuning uçun ham, Marvel kinokoinotining filmlariga talab kuçli. Qançadan-qança superqahramonlar haqida filmlar suratga olingan.

Örta yoşdagi odamlar uşbu filmlarni ertak yoki çöpçak deya ataşi mumkindir, lekin e'tiborli jihati fentezi janridagi bu filmlar yuksak mahorat bilan suratga olingan.

Amerika filmlarida doimo ijobiy qahramon ğolib keladi. Bu janrdagi filmlar oldi-qoçdi mavzularda bölsa-da, yoşlarga ibrat böladigan jihatlari talaygina. Yoşlarni faqat jiddiy filmlarga yönaltiriş ham töğri emas, vaqti bilan ularning özi jiddiy mavzulardagi filmlarni körişga intilişadi.

Afsuski, özbek kinosida boşqa bir muammo bor. Xususiy filmlar, ularni qöpolroq aytganda, «xontaxta filmlar» deyişadi. Xususiy filmlarda asosan, arzon janr – melodramaga murojaat köp uçraydi. Aslida «oldi-qoçdi» filmlarga köproq mablağ va mehnat ketadi.

Bizda-çi, aktyor va aktrisalarni bitta uyga olib kirib, qaynona-kelin muammolari, komediya mavzularida kino oliş urf böldi. Bu filmlar, mening nazarimda, yoşlar uçun zararli. Çunki yillar davomida yoşlar qaynona-kelin, boy-kambağal munosabatlari hikoya qilib kelingan filmlarni tomoşa qildi. Hindistonda ham şunday şohona hayot aks etgan filmlarni yaxşi körişadi. Arzon-garov mavzularni körgan yoşlar, tabiiyki, hayot va turmuş faqat qimmatbaho buyumlar-u ovunçoqlardan iborat deb öylaşni, bir-birini ğajişni boşlaydi.

10-15ta şunday janrdagi filmni körgan yoşlar ertaga «unaqa va'dani berişgandi», «bunaqa turmuş bölişi kerak edi» deb, qanoatsizlik qilib, oilasidan ajralib ketayotganining guvohi bölyapmiz.

Yoşlarga örnak böladigan filmlar, afsuski, ança yillardan buyon yöq. «Özbekkino» siyqasi çiqqan mavzular - faqat va faqat qaynona-kelin, boyning qizi – kambağal yigit yoki boy yigit – kambağalning qizi munosabatlari haqida kino oliş örniga yoşlarga çindan ibrat böladigan filmlar tasvirga oliş haqida bir öylab körsa bölardi», deydi san'atkor.