Prezident Şavkat Mirziyoyev Sariosiyo tumanidagi Şarğun kömir konida olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. 

«Davlatimiz rahbarining joriy yil 7 martdagi qaroriga muvofiq «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyati boşqaruv tizimi takomillaştirilib, kömir sanoatini barqaror rivojlantirişga yönaltirilgan qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. 

Şarğun kömiri sifatining yuqoriligi, zaxirasi köpligi bilan boşqalardan ajralib turadi. Bugungi kunda bu yerda 2017-2020 yillarga möljallangan 105,5 million dollarlik loyiha amalga oşirilyapti. Xitoy bilan hamkorlikdagi uşbu loyiha natijasida 2021 yildan boşlab bir yilda 900 ming tonna toşkömir qazib olinadi. 600 ta iş örni yaratiladi. «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari, sement zavodlari, aholi va boşqa iste'molçilarga toşkömir yetkazib beriş köpayadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda konning asosiy zaxirasi tomon tunnel qazib borilmoqda. Hozirgaça 2 kilometrdan ziyod şunday yöl qurildi. Yana 1,5 kilometrdan söng, 33 million tonnalik asosiy kömir zaxirasiga yetib boriladi.  

Davlat rahbariga Surxondaryo viloyatida toşkömir qazib çiqarişni rivojlatirişning asosiy yönalişlari haqida ma'lumot berildi. 

«Bunday sifatli kömir heç qayerda yöq. Aql, ilm bilan undan samarali foydalanib, xalqimiz manfaati uçun işlatişimiz kerak», - degan davlat rahbari.

Şu yerning özida «Şarğunkömir» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qiliş, Boysun va Şerobod tumanlaridagi konlarda kömir qazib çiqarişni taşkil etiş, Sariosiyo tumani va Şarğun şaharçasini 2019-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş loyihalari taqdimoti ham ötkazildi. 

Şavkat Mirziyoyev konçilikni yanada rivojlantiriş, buning uçun sohaga oid zamonaviy texnologiyalarni yaxşi biladigan mutaxassislar tayyorlaş zarurligini ta'kidladi. Şarğun şaharçasini yangidan quriş,  tadbirkorlik va çorvaçilikni rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berdi.