Sud «Yangiobod» turbazasi egasining apellyatsiyasini qanoatlantirishni rad etdi

Foto: yangiabad.ucoz.ru
Toshkentda 30 aprel kuni Toshkent viloyat ma'muriy sudi apellyatsion instansiyasining «Yangiobod» turbazasining olib qo‘yilishi ishi bo‘yicha ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Sud turbaza egasi Ali To‘xtayevning apellyatsion shikoyatini qanoatlantirishni rad etdi va Nurafshon shahar ma'muriy sudining 2019 yil 19 martdagi qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. O‘shanda Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibrohimovning obektni davlat foydasiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini noto‘g‘ri deb topish rad etilgandi.
«Toshkent viloyati Nurafshon shahar ma'muriy sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilsin», – dedi majlis yakuniga ko‘ra sudya Ismatilla Mamanov.
Turbaza yuristi Azim Rahmatovning hokim qaror chiqarishga asoslangan hukumatning 2019 yil 23 yanvardagi farmoyishini ko‘rsatish haqidagi takroriy iltimosi rad etildi. 23 aprelda bo‘lib o‘tgan majlisda Toshkent viloyat ma'muriy sudi kollegiyasi iltimosni qanoatlantirgan va farmoyishni ko‘rsatishni so‘ragandi.
Bugungi majlisda hokimning ishonchli shaxsi sifatida qatnashgan yurist Abdumutal Asrorov hokimlik mazkur farmoyish nusxasini ko‘rsatish vakolatiga ega emasligini bildirdi. U da'vogarga bevosita hukumatga murojaat qilishni maslahat berdi. Bundan tashqari, hokimning vakili:"Farmoyishda aynan mana shu turbaza ko‘rsatilganmi?", degan savolga javob bermadi.
Azim Rahmatovning ta'kidlashicha, hokimning qarori qonunchilikni buzgan holda qabul qilingan. Hokimlik vakili «davlat va jamoat ehtiyoji uchun» degan so‘zlar bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga tayangan holda mulk olib qo‘yilishining aniq sababini aytmayapti.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
-
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi
Jahon | 13:59
-
Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi
Iqtisodiyot | 13:52
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon xalqaro aeroporti modernizatsiyasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 13:47
Mavzuga oid

21:05 / 20.02.2024
Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari va uning jinoiy sherigiga hukm o‘qildi

14:00 / 08.04.2023
Konchilarning mo‘’jaz shaharchasi – Yangiobodda bahor

17:09 / 05.06.2020
Oliy sud «Yangiobod» turbazasini tortib olish bo‘yicha hokim qarorini bekor qildi

19:00 / 30.04.2019