Kun.uz «Çinor ostidagi duel», «Kelinlar qözğoloni» filmida aktyorlik, «Toğa», «Sabot» filmlarida rejissyorlik qilib tanilgan Raşid Malikov bilan jamiyat va yoşlar, maşhur kinomukofotlar, özbek filmlaridagi takroriy mavzular, zamonaviy özbek kinosan'ati saviyasi töğrisida suhbatlaşdi.

Raşid Malikov repertuar rejasiga mavzu tanlaşda asosan tarixiy yoki terrorizm, ekstremizmga qarşi yönalişlarga murojaat köp bölayotganini ta'kidlab ötdi.

«Xususiy filmlarni tasvirga olişni yoki tomoşabinlar kinoteatrlarga borişini taqiqlab bölmaydi. Davlat buyurtmasiga köra olinadigan filmlarning repertuar rejasi böladi. Davlat rahbari milliy kino rivojiga katta e'tibor beryapti. Katta mablağlar ajratilmoqda, «Özbekkino» studiyalari ta'mirlanyapti.

Ötgan yili olingan filmlarning 90 foizi tarixiy mavzudagi filmlar böldi. Töğri, bizning tariximiz boy, biroq uşbu filmlar badiiy emas, badiiy-publitsistik janrda suratga olingan. Bu janrdagi filmlarning yarmida hikoya qiluvçi tomonidan ma'lumot berib turilsa, yarmida aktyorlar, voqealar körsatilişi mumkin. 10-15 filmning 9tasi tarixiy bölişi kerak degani emas-ku? 

Şuningdek, terrorizmga qarşi kuraş mavzusida ham filmlar juda köp. Ayniqsa Hilol Nasimov bu mavzuda köp film suratga olgan.

Yoşlarga ibrat böla oladigan, yoşlar töğrisida yoki global ahamiyatga ega mavzuda filmlar esa yöq», deydi rejissyor.

Ma'lumot uçun, aktyor, rejissyor va ssenariynavis Raşid Malikov 1958 yilda Moskvada tuğilgan. 1980 yilda Toşkent tibbiyot institutini, 1986 yilda Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tamomlagan. 1993 yilda AQŞda Film in USA dasturi doirasida malaka oşirgan. 

U bir qator xalqaro kinomukofotlar sovrindori. 2018 yil 40-Moskva Xalqaro kinofestivalida «Sabot filmi uçun Rossiya kinematografçilari ittifoqining kinoşunoslar va kinotanqidçilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini (Hakamlarning maxsus e'tirofi yönalişida) qölga kiritgan.

Raşid Malikov bilan intervyuning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)