O‘zbekiston | 15:08 / 01.05.2019
12467
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiqlik, gaz ta'minoti tizimi va elektr energiyasi tarmog‘i boshqaruvga topshiriladi

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti tizimi, gaz ta'minoti tizimi va elektr energiyasi taqsimot tarmog‘i boshqaruvga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, issiqlik ta'minoti tizimi bo‘yicha 2019 yil may oyida Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish xizmati bo‘yicha bitim tuzish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati ko‘rsatilmagan.

2019 yil may-sentyabrida hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil noyabr - qiziqishni bildirish takliflarini e'lon qilish, 2019 yil dekabr - loyiha konsepsiyasini ma'qullash, 2020 yil fevral - dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil aprel - ishtirokchilarni baholash va saralash, 2020 yil may - takliflar so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil iyul oyida tender g‘olibini e'lon qilish, bitimni imzolash mo‘ljallangan.

Gaz ta'minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuziladi (2019 yil may oyi).

2019 yil may-sentabr oyida hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil noyabr - qiziqishni bildirish takliflarini e'lon qilish, 2019 yil dekabr - loyiha konsepsiyasini ma'qullash, 2020 yil fevral - dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil aprel - ishtirokchilarni baholash va saralash, 2020 yil may - takliflar so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil iyul oyida tender g‘olibini e'lon qilish, bitimni imzolash nazarda tutilgan.

Elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim 2019 yil 2-3-choraklarda tuzilishi kerak.

2019 yil 3-4-chorakda hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil 4-chorak - qiziqishni bildirish takliflarini e'lon qilish, 2019 yil 4-chorak - loyiha konsepsiyasini ma'qullash, 2020 yil 1-chorak - dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil 2-chorak - ishtirokchilarni baholash va saralash, 2020 yil 2-chorak - takliflar so‘rovini e'lon qilish, 2020 yil 2-3 chorakda tender g‘olibini e'lon qilish, bitimni imzolash ko‘zlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid