Özbekiston Taşqi işlar vazirligining sobiq amaldori, Özbekistonning YeXHTdagi (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti) vakili lavozimida işlagan Qodirjon Yusupov «davlatga xoinlik qiliş»da ayblanmoqda. Uşbu ayblov Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ilgari surilmoqda va gumonlanuvçi qölga olingan.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Yusupovning yaqin qarindoşi ayblovni inkor etib, holatga boşqaça şarh berdi.

«U kişi ruhiy xastaliklardan aziyat çekadi. Özbekistonning YeXHTdagi vakili sifatida Qodirjon 1994 yili dekabrda ötgan sammitga mas'ul edi. Budapeştda ötgan sammitga Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov kelgan, tadbirlardan köp ötmay Yusupov ruhiyatida birinçi noodatiy holat kuzatilgan. Şaxsiy şifokor unda şizofreniya alomatlarini topgan va davolaş kursini nazoratga olgan», — deydi suhbatdoş.

Kun.uz'ga ma'lum bölişiça, Yusupov qattiq stress va bosim ostida işlagani uning soğliğiga salbiy ta'sir körsatgan. Yaqinlarining ta'kidlaşiça, tutqanoği va kasalligi oqibatida u öz harakati, ongini boşqara olmasligi mumkin, ammo tegişli muolajalar bardavom qilinsa, uning soğliği normallaşadi. Şundan söng, atrofga ijtimoiy xavf tuğdirmaydi.

2018 yil 3 dekabr kuni Qodirjon Yusupov taxminan soat 8.45da Toşkent metropolitenining «Puşkin» metro bekatidagi temir yöl relsiga yiqilib tuşgan. Toşkent şahar IIBB ma'lumotiga köra, u yengil tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgandi.

Foto: Facebook/Kadyr Yusupov

Suhbatdoşning aytişiça, Özbekiston Respublikasining Avstriya, Buyuk Britaniya va Yaqin Şarq mamlakatlaridagi elçixonalarida, şuningdek Özbekistonning BMT va YeXHTdagi doimiy vakolatxonasida işlagan, 2002-2005 yillarda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatini boşqargan Yusupov relsga yiqilib tuşmagan, balki öz joniga qasd qilgandi. 

«U öşa kunlari özini noodatiy tutişni boşladi, kasalligi kuçaygandi. Şifoxonaga yotqizilgan Qodirjon turli sözlarni aytib, alahsiray boşladi. Özini xorij maxsus xizmatlari ayğoqçisi, deya tan olgan Yusupov aslida nima deyişini bilmasdi», — deydi uning qarindoşi.

Ma'lum qilinişiça, Yusupov şifoxonadan DXX Tergov qamoqxonasiga ötkazilgan. Unga nisbatan ÖzJK 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etiş töğrisida ayblov e'lon qilingan.

Yusupovning yaqinlari advokat Allan Paşkovskiydan huquqiy kömak sörab, Qodirjonning qonuniy vakili bölişini iltimos qilişgan. Ammo Yusupov advokat xizmatidan voz keçib, davlat budjetidan moliyalaştirilayotgan advokat Şaripov xizmatini ma'qul körgan.