«Lokomotiv» hujumçisi Temurxöja Abduxoliqov Superliga 7-turidan örin olgan «Qöqon-1912»ga qarşi öyinda jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.

Tribuna.uz ma'lumotiga köra, bu uşbu hujumçining çempionatning joriy mavsumida urgan 6-goli böldi.

Qayd etilişiça, Temurxöja Abduxoliqov Superliganing ketma-ket 6-öyinida gol urmoqda. U faqat 1-turdan örin olgan «Paxtakor»ga qarşi öyinda gol ura olmagan. Keyingi turlarda esa «Andijon», «Navbahor», OKMK, «Buxoro», «Qizilqum» va «Qöqon-1912» jamoalari darvozasini işğol qilgan.

Ayni vaqtda u OKMK hujumçisi Zafar Polvonov va «Paxtakor» hujumçisi Dragan Çeran bilan bir xilda - 6tadan urgan gol holda Superliga töpurarlari röyxatida bormoqda.