Tokio Olimpiadasiga boradigan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida JIDU talabalari ham bo‘ladi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bugun, 3 may kuni JIDU majlislar zalida «Sportda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida» memorandum imzolandi.
Memorandumga binoan, JIDUda sport boshqaruvi kadrlarini tayyorlash, turli milliy va xalqaro sport federatsiyalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish, shuningdek, universitet magistraturasida «Sport xuquqi» kafedrasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik doirasida universitet talabalarining turli sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari bilan chet el safarlariga chiqishlari ham ko‘zda tutilgan.
«Hamkorlik doirasidagi ishlarimizni keyingi haftalardan, universitet tavsiya etgan iqtidorli talabalarni boks yoki dzyudo delegatsiyamiz bilan chet elga chiqarishdan boshlaymiz.
Muhtaram yurtboshimizning topshiriqlari bilan, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha Osiyo Olimpiya Kengashiga zayavka berganmiz. Ungacha sizlar chet elga borib, o‘rganib turasizlar, sizlarning yordamingizsiz hech narsa qila olmaymiz. Keyingi yilgi Tokio Olimpiadasiga shu universitetga o‘nta joy beramiz. Ular biz bilan birga borishadi; xudo xohlasa, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, xalqimizni xursand qilib qaytamiz», – degan Ahmadjonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etish kerak, bugun imzolangan memorandum asosida Osiyo o‘yinlariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur kadrlar yetishtirish borasida ishlar olib boriladi.
Tadbirda, shuningdek, JIDU birinchi prorektori Matyoqub Baqoyev, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Saidmuxtor Saidqosimov, MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov, boshqa mutasaddilar va sportchilar, shuningdek, talabalar ishtirok etishdi.
MOQ rasmiylari JIDU rahbariyati hamrohligida universitet kutubxonasini borib ko‘rishdi. Umid Ahmadjonov kutubxonaga Axbor Imomxo‘jayevning yaqinda nashrdan chiqqan va o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim» va MOQning «Olimp sari» kitoblaridan sovg‘a qildi. Kutubxonada Milliy olimpiya qo‘mitasi burchagini tashkil qilish taklifi bildirildi.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

11:20 / 29.07.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

14:49 / 25.07.2022
JIDU “smart universitet”ga aylantiriladi - prezident qarori

21:07 / 17.06.2022
Sodiq Safoyev - AQSh safari taassurotlari, konstitutsiyaviy islohot va JIDU «monopoliyasi» haqida

16:14 / 08.03.2022