Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kuzatuv kengaşining qaroriga asosan, bitta talaba uçun kontrakt narxi 15 foizga oşirildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Unga köra, OTMning bakalavriatida tahsil oladigan 1-2-kurs talabalari uçun stipendiyasiz kontrakt summasi – 33 million 750 ming söm, stipendiyali kontrakt narxi esa 40 million 586 ming söm. 3-4-kurs talabalari uçun esa stipendiya olmasdan kontrakt tölaş summasi 27 million 301 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 34 million 137 ming söm etib belgilandi.

Özbekistonda doimiy yaşaş hujjatiga ega bölgan, universitetning bakalavriatida tahsil oladigan xorijiy talabalar 38 million 400 ming söm, viza bilan kelgan xorijiy talabalar esa 44 million 800 ming söm tölaydi.

Magistratura talabalari uçun kontrakt narxi 34 million 560 ming söm, agar har oyda stipendiya olgan holda tahsil olmoqçi bölsa, 41 million 396 ming söm etib belgilandi.

“Universitetning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaş va ta’lim sifatini yuqori darajada saqlab turiş maqsadida keçki, sirtqi va masofaviy ta’lim şakllari yölga qöyilmagani sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim şakli tölov-kontrakt hisobidan amalga oşirilmoqda”, deyiladi xabarda.