World Visualized infografikasi BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti - FAOning AQUASTAT bazasi hamda Jahon banki maʼlumotlari asosida tayyorlangan.

© World Visualized

Unda keltirilgan raqamlarga köra, çuçuk suv oliş hajmi eng yuqori bölgan beş davlat quyidagilar:

Örin

Davlat

Yillik suv oliş hajmi

1

Hindiston

761 mlrd kub metr

2

Xitoy

581 mlrd kub metr

3

AQŞ

444 mlrd kub metr

4

Indoneziya

223 mlrd kub metr

5

Pokiston

183 mlrd kub metr

Bu yerda suv oliş deganda daryolar, köllar va yerosti suv qatlamlaridan keyinçalik foydalaniş uçun suv çiqarib oliş tuşuniladi. Körsatkiç suvning butunlay sarflanib, yöqolib ketişini anglatmaydi: olingan suvning bir qismi tabiiy muhitga qaytadi.